O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Qobiliyatlarni rivojlantirishda mutanosiblik tamoyili



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə98/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Qobiliyatlarni rivojlantirishda mutanosiblik tamoyili.
Inson hayotining har bir yoshiga xos rivojlanish bosqichida qobiliyatlar darajasidagi eng maqbul nisbatga rioya qilinishini ko‘zda tutadi. U yoki bu qobiliyatlarning eng muvaffaqiyatli mutanosibligi alohida mashqlarda natijalarning yanada yuqori dara-jasini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida tayyorgarlikning turli vositalarini to‘g‘ri taqsimlash hisobiga alohida qobiliyatlar rivojida zarur mutanosiblikka erishish mumkin.
O‘zaro bog‘liq holda ta’sir ko‘rsatish tamoyili.
Bu tamoyil jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish va harakat ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlarining o‘zaro uzviy aloqasi hamda uni boshqarish imkoniyatiga asoslanadi. Bu tamoyilga ko‘ra, mashg‘ulotlar ta’siri zarur qobiliyatlarni rivoj-lantirishgina emas, ularni muayyan mashqning harakat tuzilmasida qo‘llash malakasiga ham mos bo‘lishi zarur. Bunga bir vaqtning o‘zida kuch, chidamlilik va boshqa qobiliyatlarni, harakat ko‘nikmasining alohida elementlarini yoki butun bir ko‘nikmani shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlarni tanlab olish yo‘li bilan erishish mumkin. Suzishda qo‘llar harakati tuzilmasida ulardagi mushak kuchini rivojlantirish uchun sherikni shatakka olib yoki rezina tasma bilan uning qarshiligini engib qo‘l bilan suzish tavsiya etiladi; engil atletikada og‘irlashtirilgan belbog‘ taqqan holda sakrash mashqlari, balandlikka va uzunlikka sakrash-lar bajariladi.
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantrishda yosh xususiyatlari
Yosh sportchilarni tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turi xususiyatlarini, jismoniy sifatlar rivojining o‘ziga xos jihatlarini, harakat ko‘nikma va malakalarining shakllanishini sinchiklab hisobga olish zarurdir.
Trenerning yosh zonalarini bilishi ko‘p yillik mashq jarayonini yaxshiroq tizimlashtirishga imkon beradi. Biroq yosh ko‘p yillik mashg‘ulotning oqilona tizimi qurishda e’tiborga olish zarur bo‘lgan yagona omil emas. Sportchilarning alohida jismoniy qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun eng qulay davrlarni, shuningdek, texnik – taktik faoliyatlarni sifatli o‘zlashtirish uchun moyillikni ham chuqur o‘rganish lozim.
Yoshlik davrida barcha jismoniy qobiliyatlar zahirasi mavjud bo‘ladi. Buning uchun oqilona va muntazam pedagogik ta’sirotlar tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyat-larini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ta’sirot yoshga mos rivojlanish jarayonining u yoki bu pog‘onasida o‘sishi eng yorqin ifodalangan qobiliyatlarning to‘la namoyon bo‘lishiga yordam beradi. 2-jadvalda maktab yoshidagi bolalar harakat faoliyatlarining rivojlanishidagi sezgi bosqichlari topografiyasi berilgan.
Yuqoridagi qatorda o‘g‘il bolalarda harakat faoliyati rivojlanishining sezgirlik bosqichlari, pastki qatorda esa qizlardagi xuddi shunday bosqichlar ko‘rsatilgan. Mazkur ma’lumotlarning hisobga olinishi trenerga u yoki bu jismoniy qobiliyatlarning o‘sishidagi to‘xtab qolishlarga barham berish imkoniyatini yaratadi.
Jismoniy qobiliyatlar tushunchasiga aynan harakat faoliya-tining namoyon bo‘lishi bilan birga bu namoyon bo‘lishning o‘ziga xosligini belgilovchi ruhiy – fiziologik xususiyatlar ham kiradi.
Kuchning miqdoriy o‘lchami sifatida mushak zo‘riqishining kattaligi xizmat qiladi; tezkorlikning o‘lchami – mushak qisqa-rishlari tezligi, uning yashirin davri, shuningdek, muayyan masofa kesmasida harakatlanish tezligi; chidamkorlikniki – mushak ishining bajarilish davomiyligidir. Periferik harakat apparati, ichki organlar faoliyatining holati, biokimyoviy jarayonlar har bir jismoniy sifatning namoyon bo‘lishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Jismoniy sifatlarning takomillashuvida ongli irodaviy nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tezlik chidamliligining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ish jarayonida tang holatni engib o‘tish malakasi 400-1500 m ga yugurishdagi muvaffa-qiyatni jiddiy darajada oldindan belgilab beradi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning tuzilishga xos asoslari tayanch – harakat apparati, markaziy va periferik asab tizimi, ichki a’zolardagi ijobiy morfologik hamda biokimyoviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Demak, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi somatik hamda vegetativ faoliyatlarning muvofiqligiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqador ekan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin