O’zbekiston respublikasi joqarí HÁM Órta bilimlendiriw ministrliǵI


Metodik usul sifatida savollarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar



Yüklə 148,12 Kb.
səhifə4/4
tarix04.05.2023
ölçüsü148,12 Kb.
#107275
1   2   3   4
ochiq dars ishlanma Gulzada

Metodik usul sifatida savollarga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
-aniqlik, konkretlik, go‘zallik (lakonizm);
-ifodalarning turli-tumanligi, ya’ni bir narsaning o‘zini har xil so‘rash:
-mantiqiy izchillik;
-bolalarning yoshlari va o‘rganiladngan materialga bog‘liq holda reproduktiv va produktiv savollar orasidagi optimal munosabat;
-savollar bolaning fikrini uyg‘otishy, uning tafakkurini rivojlantirish, o‘ylashga majbur qilishi, kerakli narsani ajratishi, tahlil o‘tkazishi, taqqoslashi, qarshi qo‘yishi. umumlashtirishni talab qilishikerak;
-savollar miqdori ko‘p bo‘lmasligi, ammo qo‘yilgan didaktik maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak;
-yo‘l-yo‘riq beruvchi va alternativ savollardan foydalanmaslik kerak.
Tarbiyachi odatda savolni butun guruhga beradi, unga javobni chaqirilgan bolagina beradi. Ayrim hollarda, ayniqsa, kichik guruhlarda jo‘r (xor) bo‘lib yalpi javob berishlari ham mumkin. Bolalarga javobni o‘ylashlari uchun imkoniyat berish kerak.
Katta yoshdagi bolalarga savollarni mustaqil ifodalashni o‘rgatish kerak. Konkret vaziyatda, didaktik materialdan foydalanib, tarbiyachi bolalarga buyumlarning miqdori, ularning tartib o‘rinlari, o‘lchami, shakli, o‘lchash usullari haqida bir-birlaridan so‘rashni taklif qiladi. Tarbiyachi bevosita taqqoslash natijalari bo‘yicha savollar (“Karim kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqosladi. Undan nima haqida so‘rashmumkin?”), doska oldida bajarilgan amaliy ishdan keyin savollar (Hiloladan so‘rang-chi, u buyumlarni ikki qatorga yoyib nimann bilib oldi? Qarang, men nima qildim. Mendan nima haqida so‘raysiz?), bir qator-da yonma-yon o‘tirgan bola bajargan harakatlar asosida (“SHerzoddan nima haqida so‘rash mumkin?”) berishga o‘rgatadi. Agar savollar aniq shaxsga -tarbiyachiga, o‘rtog‘iga, yo‘nalgan bo‘lsa, bolalar savollar berish malakasini samarali, muvaffaqiyatli egallaydilar.
Yüklə 148,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin