O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JOQARÍ HÁM ÓRTA BILIMLENDIRIW MINISTRLIǴI
A JINIYAZ ATINDAǴI NUKUS MÁMLEKETLIK PEDAGOGIKALIQ INSTITUTI
MAGISTRATURA BO’LIMI
70110201-Tálim hám tarbiya teoriyasi hám metodikasi(mektepke shekemgi tálim)
“Maktabgacha ta’limni tashkil etish”
páni lekciya sabaǵinan 2-kurs magistrant
Yeshimbetova Xatira Yergaliyevnanıń
ashıq sabaq islenbesi
Nukus-2023
Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari va yóllari
Reja:
1.Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari va yóllari
2.Elementar matematik tasavvurlarni ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar
3.Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xarakterli xususiyatlari
Sabaq mákseti:Sabaq otiw processi menen tanisiw, ko’nlikpeler iyellew, sabaq otib u’yreniw.
Oqıw procesiniń nátiyjesi. Dars mazmuni jaqsi alıp barildi. AKT dan paydalanip taza temani tusintirdim.Otilgen temani bekkemlew ushın soraw-juwap metodinan paydalandim.
Kórgezbeli qurallar: AKT, A4 formatdag’i qag’az, ren’li stikerler, tarqatpa materiallar
Qollanılatuǵın pedagogıkalıq texnologiyalar:” Aqliy hujum”, “Klasster”, Chehralar”, “Tusinikler analizi” metodinan paydalandim.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o‘qitishning har xil usullari — amaliy, ko‘rsatmali, og‘zaki, o‘yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar— mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshkalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e’tibor berib turishi quyidagilarni ta’minlaydi:
-elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;
-tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o‘lchami, shakli bo‘yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o‘lchami yoki soni bo‘yicha orttirish yoki kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan obyektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog‘lanishlarini aniqlash malakasi;
-bolalar o‘zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo‘yish, sanash, o‘lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo‘llashga yo‘naltirish va mazkur v аziyatda ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xossalar, bog‘lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo‘naltirish. Masalan, o‘yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish konuniyatini, umumiy xossalarni topishni o‘rgatish mumkin.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |