O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining
ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga
ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy
qismidir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
Davlat
va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar,
fuqarolik jamiyati
institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.
16-modda.
Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining huquq va
manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va
normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi.
Birorta qonun
yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bo‘lishi mumkin
emas.
Dostları ilə paylaş: