O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
constitution oz

IV bob. Tashqi siyosat 
17-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. 
O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch 
bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch 
yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi. 
18-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama 
munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga 
oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va 
xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo 
tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin. 
IKKINChI BO‘LIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI 
VA BURChLARI 
V bob. Umumiy qoidalar 
19-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va 
kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, 
irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida 
tengdirlar. 
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi 
shart. 
20-modda. 


O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va 
majburiyatlar bilan bog‘liqdir. 
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari 
daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli 
emas. 
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari 
qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor 
shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi. 
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari 
mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun 
yetarli bo‘lishi kerak. 
Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi 
barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi. 
21-modda. 
Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz 
qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas. 
Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda 
davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart. 
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, 
aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, 
jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi 
mumkin. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin