O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Хalq cholg‘ularida ijrichilik” kafedrasi


 “So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahorati



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix10.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#61151
1   2   3   4   5   6
So‘g‘diyona orkestiring gastrol safarlari va turli jamoalar bilan ijodiy hamkorlik rishtalari

1.2 “So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahorati 
“So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahorati va betakror jozibadorligi bilan 
O‘zbekiston kompozitorlari uchun o‘ziga xos ijodiy laboratoriya vazifasini ham 



o‘tab kelmoqda. Kompozitorlar o‘zbek xalq cholg‘ularining yangi sadolanish 
qirralarini kashf etishlarida aynan shu jamoa tajriba-sinov “maydoni” bo‘lib xizmat 
qilmoqda. Jumladan, A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!”, “Moziydan 
sado” poema-fantaziyasi, H.Rahimovning fantaziya va “Sirli tun” asari, 
N.Norxo‘jayevning “Navro‘z uforisi”, D.Saydaminovaning “Niti snov tumannix”, 
“Sarob” kabi asarlari shunday izlanishlarning samarasidir. 
A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!” uvertyurasi 1993- yili 
“So‘g‘diyona” jamoasi uchun maxsus yaratilgan. Yosh jamoa kompozitorni original 
tuzilishi hamda xalq cholg‘ularining yangi tembrlarini yorita olish imkoniyatlari 
bilan o‘ziga jalb etdi. “Men “So‘g‘diyona” uchun uvertyura janrini tasodifan 
tanlaganim yo‘q. Uvertyura – bu katta sahnaviy asarlarning vizit kartasidir. Men 
ham o‘z uvertyuramni dunyo hamjamiyatida obru-e’tiborga ega bo‘lgan yosh 
jamoaga vizit kartasi sifatida taqdim etdim. Ushbu asarda men butun orkestr 
jamoasidan emas, balki faqatgina ruboblar, dutorlar, doyra va zarbli cholg‘ulardan 
foydalandim. Bu menga torli-chertma cholg‘ular orqali milliy koloritni hamda yangi 
ifodaviy vositalarni namoyon etishga qo‘l keldi”
2
, - deydi Avaz Mansurov. 
Uvertyura rondo va variantli variatsiya elementlariga ega bo‘lgan 3 qismli 
shaklga ega. Asardagi asosiy ifodaviy vositalar doyra va boshqa zarbli cholg‘ular 
orqali amalga oshiriladi. Doyra yakkanavoz cholg‘u bo‘lib, uning ijrosida konsert 
alomatlari seziladi. Rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan usullarni ijro etadi. 
O‘zining ijrochilik konsepsiyasida orkestr asarni muvaffaqiyatli ijro etish 
uchun zamin yaratgan qadimiy usul shakllarini kuchaytirishga va ijodiy kuchini 
musiqani ritmik jihatdan ifodalashga qaratdi. Kompozitor partiturada kontrast 
usullarni, qismlarni pauza bilan ajratish, ayniqsa ruboblarda tremolo va ritm jihatdan 
zichlashgan faktura almashinuvini nazarda tutgan holda amalga oshirgan. 
Uvertyurada ijrochilik muammolaridan biri, partiyalarning sinxronligidadir: 
2
Muallifning A.Mansurov bilan 2015-yil 20-fevralda bo‘ib o‘tgan suhbatidan yozib 
olingan. 


10 
Sozandalar asarni ijro etganda qismlar orasidagi kontrast, ayniqsa chekka 
qismlarida yuqoriga intilgan va o‘rta qismida pastga yo‘naltirilgan harakatlar sezilib 
turibdi. Asarda ham melodik ham ritmik xususiyatlar yorqin va aniq ifoda etilgan. 
Avaz Mansurov reprizadan avval zarbli cholg‘ularda katta improvizatsiyani 
qo‘llaydi, bu aynan asarda konsert elementlari mavjudligidan dalolat beradi. Bu 
yerda doyrachi o‘z mahoratini namoyon etadi: 
Kadensiya kirish qismi materiali asosida yozilgan bo‘lib, u asar yaxlitligidan 
dalolat beradi. Repriza ijrosida orkestr tovush kuchini oshiradi, bu dinamik jihatdan 
ko‘tarilish asar mohiyatini badiiy jihatdan to‘laqonli yoritilishiga yordam beradi 
“Sarob” asari zamonaviy kompozitor D.Saydaminova tomonidan 
“So‘g‘diyona” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri uchun yozilgan (2005) maxsus 
asarlardan biridir. Ushbu asar o‘ziga xosligi bilan boshqa kompozitorlar asarlaridan 
tubdan farq qiladi. Izlanuvchan va davr bilan hamnafas ijodkor asarlari o‘zining 
yangilikka intiluvchanligi va originalligi bilan ajralib turadi. Aynan “Sarob” asari 
ham aynan shunday tajribalardan biridir. D.Saydaminova an’anani zamonaviylik 
bilan uyg‘unlashtirgan holda, inson tasavvur eta olmaydigan hattoki xayoliga ham 


11 
keltira olmaydigan tembr, ohang va ijro uslublarini izlab topishga harakat qiladi va 
bu uning asarlarida o‘z tasdig‘ini topdi: 
* 1) vozdux, ya’ni nay quvuriga puflash 
* 2) rubob primada juda mayda tremolo chalish 
* 3) dutor alt va dutor primalarda mediator bilan - juda mayda tremolo chalish. 
Muallif shunaqangi ijro usullarini o‘ylab topgan-ki, orkestr konsertini ko‘rmay, uni 
tinglagan inson xalq cholg‘ulari orkestri ijro etganiga umuman ishonmaydi. 
Shuningdek, asarni yakka cholg‘u, ansambl yoki orkestr ijro etishidan qat’iy nazar, 
ko‘z oldingizda xayolan o‘sha manzara gavdalanadi. Aynan ma’lum bir holatni 
tasvirlashda, kompozitor shunga mos cholg‘uni tanlaydi va o‘z tasavvurini bayon 
etadi. Masalan, cho‘lda esayotgan shamolni ifodalashda u nay cholg‘usidan 
foydalanadi. Bunda ijrochi kerakli tovushni nay quvuriga puflash orqali hosil qiladi 
va dinamik belgilarni mohirona qo‘llaydi. 


12 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin