8
orkestri ishtirok etdi. Konsertlarda nafaqat mutaxassislar, balki keng tinglovchilar
ommasi ham hozirgi zamon cholg‘u madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga
muyassar bo‘lishdi.
“So‘g‘diyona” jamoasining 1999-yilning 24-martida “Zarafshon” konsert
zalida bo‘lib o‘tgan “Vesenniy xorovod” nomli konsertini alohida ta’kidlab o‘tish
joizdir. Dasturda yangragan Avaz Mansurovning “Yangra, doyra jarangla!”
uvertyurasi, Ilyos Rahimovning “Sabo” hamda o‘zbek, eron va arab xalq kuylari
ushbu konsertning qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda esa
turli mamlakat kompozitorlarining qayta ishlagan asarlari ijro etildi. I.Baxning
“Hazil”, V.Montining “Chardash”, Dj.Rossinining “Tarantella” va S.Djoplinning
“Regtaym” asarlari ayniqsa yoqimli va yorqin jarangladi.
Jamoa 1998, 2000, 2002-yillarda Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro simfonik
musiqa festivallari doirasida o‘tkazilgan chiqishlari orqali anjumanga tashrif
buyurgan mehmonlar qalbini o‘z san’ati va ajoyib mahorati bilan rom eta oldi.
Nazira Tursunova va Nodir Ibrohimovlar ijrosida yangragan N.Norxo‘jayevning
rubob prima va o‘zbek xalq cholg‘ulari kamer orkestri uchun yozilgan “Navro‘z
uforisi” dueti hamda M.Bafoyevning “Buxorocha konsert” asarlari tomoshabinlarda
katta taasurot qoldirdi.
“So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahoratini 2003-yili Toshkentda bo‘lib
o‘tgan “Davr sadolari” festivalida yorqin namoyon etdi. 2006-yili “So‘g‘diyona”
orkestri “Kuz navolari” nomli musiqiy festival doirasida konsert dasturi bilan
qatnashdi. Jamoaning chiqishi 24-noyabrda Hamza nomidagi musiqa kolleji
(hozirda-V.Uspenskiy nomidagi RIMAL) ning katta konsert zalida bo‘lib o‘tdi.
Konsertda yakkanavoz sifatida turk sozandasi Xasan Niyazi Ture, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan artist Adiba Sharipova va Alisher Navoiy nomidagi opera va balet
davlat Akademik katta teatrining yetakchi xonandasi O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan artist Shukur G‘ofurovlar ishtirok etdilar.
Dostları ilə paylaş: