O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
Mehnat
kodeksi,
O‘zbekiston
Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ta’limga oid qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid qarorlari va farmoyishlari, Maktabgacha ta’lim vazirining
buyruqlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari qarorlarini;

ta’lim-tarbiya reja va o‘quv dasturlarining mazmunini;

maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlariga qo‘yiladigan malaka
talablarini;

zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olishi hamda ularni
joriy etish usullarini;

maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar
fiziologiyasini;

bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda va variativ (muqobil) dasturlari,
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish
yo‘llarini;

attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, attestatsiya o‘tkazish tartibi
va mezonlarini;

attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari
ta’lim
tashkilotlari
pedagog
kadrlarini
attestatsiyadan
o‘tkazish
tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari
asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari:

yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumot;

moliya, soliq, komplaens-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq
sohalarda 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;

ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa
bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

sudlanmaganlik va jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilish;

korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar — (O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti)da faoliyat yuritgan nomzodlar qo‘llab-
quvvatlanadi;

davlat xizmatchisi nomiga loyiq professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga
ega bo‘lish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin