O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot
vositalarining boshqarma faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish
to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqish;

boshqarma faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;

boshqarmaning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning so‘rovi asosida
ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish,
matbuot xizmati oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni
boshqarmaning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ularni puxta ishlash,
boshqarma faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlash hamda milliy nashrlarda
e’lon qilish;

teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish, boshqarma faoliyatiga doir
masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini
o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish
uchun boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa
materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini yuritish,;

boshqarmaning veb-saytini zamonaviy darajada yuritish, boshqarma faoliyatiga doir
foto, audio va videomateriallarni tayyorlash hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va
nodavlat ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

boshqarmaning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, xizmat faoliyati
masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqish uchun kiritish;

milliy ommaviy axborot vositalarida boshqarma faoliyatining dolzarb jihatlarini,
tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;

internet tarmog‘ida boshqarma veb-resurslarini tashkil etish, ularning samarali
faoliyatini ta’minlash;

boshqarmaga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy va respublika
ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida boshqarma boshlig‘ini
xabardor qilish;

odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin