O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

ta’limi tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni;
Tartib raqami
2125
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1345
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;

maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv reja, o‘quv dasturi va
boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini;

institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha yillik rejasini tuzish,
rasmiylashtirishga tayyorlash va uning bajarilishini ta’minlashni;

institutning Ustavi asosida o‘quv-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonini, ilmiy-metodik
ishlar ustidan rahbarlikni amalga oshirishni;

darslarni tahlil qilish va amaliy yordam berish shakllarini;

o‘quv-mavzu rejalarni, dasturlarni tayyorlash, tuzish, ularga tegishli o‘zgartirishlar va
yangiliklarni kiritib borish ishlariga rahbarlik qilishni;

ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, innovatsion va
interfaol usullarni qo‘llashni tashkil etishni;

institut professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalari bajarilishini nazorat qilishni;

institutning o‘quv jarayoni bo‘yicha hisobotlari va axborotlari monitoringini olib
borishni;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:

oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va
tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va
vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar,
xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish,
mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, maktabgacha
ta’lim tashkiloti strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

institutda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan
biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga
ega bo‘lishi;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakultet
dekani yoki o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida uch yillik samarali ish stajiga ega
bo‘lishi zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.



Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin