72-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –
institutning xo‘jalik faoliyatiga, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlariga rahbarlik qilish;
–
tasdiqlangan ish rejalarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilish, moliya-xo‘jalik
faoliyati bo‘yicha ish rejalari loyihasini tayyorlash;
–
kafedralar, o‘quv xonalari, tinglovchilar turar joylari hamda boshqa binolarni zarur
jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha institut rektoriga takliflar kiritish;
–
xodimlar va tinglovchilar sihat-salomatligini va xavfsizligini ta’minlovchi sharoitlar
yaratish, mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
–
binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini, qurilish, kapital va joriy ta’mirlash
ishlarini tashkil qilish;
–
institutga ajratilgan budjet mablag‘lari va boshqa budjetdan tashqari tushumlardan
to‘g‘ri foydalanishni amalga oshirish hamda uning mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
–
institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga
oshirish, o‘quv jihozlari, asbob-uskunalar va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini va ulardan
samarali foydalanishni ta’minlash;
–
vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini,
ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
–
hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik
qilish, o‘ziga bo‘ysunuvchi tegishli bo‘linma hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishini
muvofiqlashtirish;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
2. Bilishi lozim: –
ta’lim tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni;
–
tasdiqlangan ish rejalarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilishni;
–
iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlarini tashkil qilishni, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha
ish rejalari loyihasini tayyorlashni;
–
institut mehnat jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xodimlar va
tinglovchilarning sihat-salomatligini, xavfsizligini ta’minlovchi sharoitlar yaratishni;
–
institut binolarini kuz-kish mavsumiga tayyorlash ishlarini tashkil etishni, qurilish,
kapital va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilishni;
–
institutga ajratilgan budjet mablag‘lari va boshqa budjetdan tashqari tushumlardan
to‘g‘ri foydalanishni hamda budjetdan tashqari mablag‘ topish yo‘llarini;
–
institutning xo‘jalik obyektlarini tartibga solish va saqlanishini ta’minlashni;
Tartib raqami
2125
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1345
Xodimlar toifasi
Boshqaruv
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.