Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
71-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining o‘quv va metodika ishlari bo‘yicha prorektori lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –
Institutning o‘quv va ilmiy-metodik ishlari ustidan rahbarlikni amalga oshirish;
o‘quv-mavzu rejalarni, dasturlarni tayyorlash, tuzish, ularga tegishli o‘zgartirish va
yangiliklarni kiritib borish;
–
darslarni tahlil qilish va uning natijalarini muhokama qilish hamda o‘qituvchilarga
metodik yordam berish;
–
kafedra va biriktirilgan o‘quv xonalarini zamonaviy talablarga binoan jihozlashga
metodik yordam berish;
–
ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini,
innovatsion va interfaol usullarni qo‘llashni tashkil etish;
–
o‘quv mashg‘ulotlari jadvallarini tasdiqlash, ularning bajarilishini va o‘quv reja, o‘quv
dasturlarining to‘liq bajarilishini nazorat qilish;
–
ilg‘or ijodkor pedagoglar va maktabgacha ta’lim xodimlari bilan metodik ishlar olib
borish, ularning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlariga rahbarlik
qilish;
–
institut professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalari bajarilishini nazorat qilish;
–
institutning o‘quv jarayoni bo‘yicha hisobotlari va axborotlari monitoringini olib
borish, ijro intizomiga rioya qilish;
–
institutda axborot-resurs markazi faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxona
fondini boyitish ishiga rahbarlik qilish;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish;
–
malaka oshirish va maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dastur, o‘quv-metodik
qo‘llanmalar yaratish, ta’limdagi ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
o‘rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajriba-sinov ishlarini muvofiqlashtirib borish
hamda amaliyotga joriy qilish;
–
ish faoliyatida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida institut rektoriga
takliflar kiritish, institut mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
–
o‘quv jarayonida ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha xorijiy hamda nodavlat
tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
–
institut rektori ta’tilda, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan
davrda vaqtincha uning vazifasini bajarish
–
ma’ruzachilar faoliyati ustidan izchil nazorat o‘rnatish;