–
institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv
mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o‘quv jarayoni
me’yoriy hujjatlarga mos ravishda o‘tishini nazorat qilish va dars soatlarining bajarilishini
hisobga olib borish;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va
to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam
ko‘rsatish, guruh jurnallarini yuritishdagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etilishini
ta’minlash;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish jarayonini
amalga oshirish, ularni kurslarga qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar
loyihasini tayyorlash, ularga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirib
tarqatish, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan
oylik o‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan bildirishnomalar tayyorlash;
–
kafedralar tomonidan institutda tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar
va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarining ishchi o‘quv-
mavzu rejalari va o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda o‘quv va
uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor bilan kelishgan holda ularni institut rektori tasdig‘iga tavsiya
etish;
–
maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish, ilmiy pedagog kadrlarning ma’naviy axloqiy saviyasini oshirish,
ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni joriy etish;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish;
–
o‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining yuqori saviyada tashkil etilishini
nazorat qilish;
–
institut kafedralari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida
o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya uchun test savollari bankini yaratish hamda Ta’lim sifati
monitoringi bo‘limi bilan hamkorlikda yangilab borish;
–
kurslar yakunida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya jarayonini tashkil qilish.
–
har oy, chorak va yil yakunida tuman, shaharlar va malaka oshirish toifalari kesimida
malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qiladi, ma’lumot tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: