–
funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab
chiqilishi, ishonchliligi, o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning
bajarish;
- institutning ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etish va unda o‘ziga belgilangan
vazifalar bajarilishini ta’minlash;
–
lavozimlariga o‘rnatilgan tartibda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
–
institut xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi
Nizomiga
muvofiq
xodimlarni
moddiy-ma’naviy
rag‘batlantirish haqidagi takliflarni umumlashtirish hamda bo‘lim boshlig‘iga taqdim etish;
–
O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 18-
moddasini bajarish maqsadida har oyning 5-sanasigacha bo‘sh ish joylari “Vakant lavozimlar
to‘g‘risida”gi ma’lumotni tegishli tuman mehnat bo‘limiga topshirish va saytga joylashtirish;
–
o‘ziga biriktirilgan sohalarga oid tegishli vazirliklar, hokimliklar va idoralardan kelgan
xatlar, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va ularga javob tayyorlash.
–
kadrlar yo‘nalishiga oid institutning ichki hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
–
huquqiy axborotdan foydalanish va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ huquqiy
hujjatlardan samarali foydalanish, tizimdagi xodimlarni mehnat qonunchiligi asosida faoliyat
ko‘rsatishi, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish,
attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish
va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
–
institut pedagog-xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish,
umumlashtirish va rahbariyatga hamda statistika tashkilotlariga taqdim etish;
–
institutda faoliyat ko‘rsatayotgan nomutaxassis kadrlarni aniqlash ularni qayta
tayyorlash kurslaridan o‘tkazilishini ta’minlash;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: