3. Malaka talablari :
–
o‘z yo‘nalishi (pedagogik, yurisprudensiya) bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy
ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
kamida mutaxassislik bo‘yicha besh yillik ish staji.
–
maktabgacha ta’lim tizimining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida bo‘lim boshlig‘i, yoki
o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida uch yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.
74-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kadrlar bo‘yicha inspektorning lavozim malaka tavsiflari