–
vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, bosh
boshqarma faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish
va ijro intizomini doimiy nazorat qilish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
tayyorlashda faol ishtirok etish, boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishchi
guruhlar ishlariga mutaxassislarni jalb qilish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududiy maktabgacha ta’lim boshqarma boshliqlari bilan
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha strategik chora-tadbirlarni amalga oshirish
hamda istiqboldagi vazifalarni belgilash;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir nomzodlar
hujjatlarni ko‘rib chiqish va tavsiya berish;
–
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan
me’yoriy hujjatlar tayyorlashni tashkil etish va ularni ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga takliflar
kiritish;
–
xodimlarning o‘z funksional vazifalarini tashkiliy-uslubiy jihatdan to‘g‘ri bajarilishini
ta’minlash, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha bosh boshqarma
boshlig‘iga tegishli takliflar kiritish;
–
bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakolati doirasida xodimlar o‘rtasidagi vazifalar
taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish, ish taqsimoti asosida xodimlarining
huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish,
bolalarga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli takliflar kiritish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha respublika miqyosida viloyat, tuman(shahar) mutaxassislari
bilan o‘quv-metodik yig‘ilishlar, anjumanlar, seminarlar, videokonferensiyalar tashkil etish va
o‘tkazish;
–
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda
og‘zaki murojaatlarini, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish,
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: