–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha doimiy ravishda boshqarmadan kuz-qish mavsumi bo‘yicha,
vazirlik tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektr energiyasiga, tabiiy gazga va toza
suvga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanishi bo‘yicha ma’lumotlarni, ta’lim tashkilotlari bino va
inshootlaridan foydalanish me’yorlari (yong‘inga qarshi, sanitariya-gigiyena, ekologik va
boshqalar)ni to‘liq bajarilishi ustidan nazorat qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib
borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni respublika bo‘yicha
umumlashtirish va boshqarma boshlig‘iga taqdim etish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy sarmoyalarni jalb qilish yuzasidan tegishli loyiha
hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlarida
tashqi aloqalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar yig‘ish, ularni o‘rganish va
bo‘lim boshlig‘iga tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash, xorijiy xizmat safariga jo‘natilayotgan
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining tegishli viza va ruxsatnomalarini olishida yordam
ko‘rsatish;
–
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maxsus va sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining ta’lim jarayoni va mehnat intizomini nazorat qilish, ularning ta’lim jarayoni
uchun zarur bo‘lgan metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi yuzasidan monitoring olib
borish;
–
tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini o‘rganish, bu borada boshqarma boshlig‘iga
tegishli takliflar kiritish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga
qo‘yilishini, ularning bajarilishini kuzatib borish, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini
yakunlashni ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining
ma’lumotlar bazasini yuritish;
–
ijro intizomining joriy (har kunlik) va har oylik tahlilini o‘tkazish, har o‘n kunda
tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga navbatdagi o‘n kunlikda ishlari tugallanishi lozim bo‘lgan
hujjatlarni shakllantirish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotnoma-eslatmalarni yozma va elektron
shaklda yuborish, har oyda navbatdagi oy mobaynida ishlari tugatilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni
shakllantirish;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: