2. Bilishi lozim:
–
maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-
mohiyatini;
–
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar
fiziologiyasini;
–
vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy maktabgacha ta’limni boshqaruv
organlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni;
–
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarni, hujjatlarda belgilangan talablarni, uni
amaliyotga joriy etish yo‘llarini;
–
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida vazirlik, idoralar va
xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini;
–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–
jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–
kamida bakalavr darajasidagi ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
100-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi yetakchi
mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
–
o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli
takliflar kiritish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimining bo‘linmalari muammolari bilan
bog‘liq boshqa hujjatlarga kiritish uchun berilgan takliflarni tahlil qilish hamda umumlashtirish;
–
maktabgacha ta’limi tashkilotlarida davlat talablari bo‘yicha ta’lim-tarbiya sifati
monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha uslubiy yordam berish;
–
o‘z faoliyatiga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, ta’lim sohasida davlat siyosatini
amalga oshirishda, ta’lim strategiyasini ishlab chiqishda, bosh boshqarma va bo‘limning amalga
oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
–
o‘z vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan uslubiy ishlanmalar (jadval, so‘rovnoma va
boshqalar)ni tayyorlash, ta’lim sohasida analitik sharhlar, prognozlar tuzish, ijobiy ish
tajribalarini o‘rganish, ularni umumlashtirish, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limning
choraklik, yarim yillik, yillik ish rejalarini tuzish yuzasidan takliflar va hisobotlarini yig‘ish,
ularning o‘z vaqtida bajarilish monitoringini olib borish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlash to‘g‘risidagi
istiqbol rejasini tuzish, o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini tayyorlash, joylardan metodik
adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, ularni
o‘z vaqtida nashr etilishi va joylarga
yuborilishini nazorat qilish;
–
viloyat va tumanlarda metodik adabiyotlar ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi
mutaxassislar ish faoliyatini nazorat qilib borish va zarur bo‘lgan holatlarda hududiy
maktabgacha ta’limi boshqarmalari va maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari
rahbarlariga mas’ul mutaxassislar ish faoliyati bo‘yicha tegishli takliflar berish;
–
nashriyotlar tomonidan dastur va qo‘llanmalarning chop etilishi va joylarda yetkazilib
berilishiga doir ishlarni o‘rganib borish hamda nazorat qilish va natijalari bo‘yicha rahbariyatga
tegishli ma’lumotlar tayyorlash,;
Tartib raqami
80
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1112
Xodimlar toifasi
Boshqaruv
–
ushbu yo‘nalishda me’yoriy hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini
nazorat qilish, iqtidorli bolalar bilan ishlashning turli shakllarini aniqlashga, tanlovlar, tavsiyalar
ishlab chiqish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimidagi ta’lim tashkilotlarida
ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlashda
boshqarmalarga yaqindan yordam berish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
ishlab chiqishda qatnashish, ularni bajarilishini nazorat qilish;
–
maktabgacha ta’limi tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga
yetkazish va ularning nazoratini olib borish, vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat
uzviyligini ta’minlash;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni
o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarini hamda
ta’limning texnik vositalarini o‘quv va tarbiyaviy jarayoniga joriy etishni tashkil qilish;
–
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi doirasida onalik va
bolalikni himoya qilish, bolalar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish yuzasidan olib
borilayotgan ishlarni ro‘yxatini tarbiya bo‘limi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borish;
–
o‘z yo‘nalishi asosida joylarda olib borilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish,
ularni o‘rganib chiqish va tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash;
–
vazirlikning boshqa boshqarma va bo‘limlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta’limi
tizimiga tashqi aloqalarning kirib borishi va natijalari haqida ma’lumotnomalar tayyorlash,
ta’lim tizimiga xorijiy tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan insonparvarlik yuklari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha vazirlik tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash borasidagi ishlarni tashkil etish, vazirlik
tasarrufidagi boshqaruv lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbar kadrlarni tanlash, o‘rganish,
istiqbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanish;
–
oliy o‘quv yurtlarining pedagogik mutaxassislik bo‘yicha bitiruvchilarini ishga
joylashtirilishi yakunlari bo‘yicha tahlil qilish hamda mazkur ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
–
oliy pedagogika institutlari bo‘yicha talabalar kontingenti harakatiga oid hamda
maktabgacha ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha hisobotlarni
yig‘ish, ularni umumlashtirish va statistika tashkilotlariga taqdim etish;
–
pedagog xodimlar qo‘nimsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, ularni o‘rganib
chiqish va tegishli ma’lumotnomalar tayyorlash;
–
maktabgacha ta’limi tizimi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat
mukofotlari bilan taqdirlash hujjatlarini tayyorlash, xodimlarni vazirlikning Faxriy yorlig‘i bilan
taqdirlash bo‘yicha buyruqlar loyihasini tayyorlash hamda rahbariyatga kiritish, belgilangan
tartibda Faxriy yorliqlari, mukofotlash varaqalari va boshqa mukofotlash hujjatlarining hisobini
olib borish, ularga buyurtmalar tayyorlash, saqlanishini ta’minlash, mukofotlarni topshirilishini
nazorat qilish;
–
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yangi qurib foydalanishga topshirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini tasdiqlangan me’yorlarga asosan jihozlanishi va ularni kerakli shtat birliklari bilan
ta’minlash, ular uchun berilgan
jihozlaridan samarali foydalanish maqsadida metodik
qo‘llanmalar ishlab chiqish va amaliy seminarlar o‘tkazib borish; hududiy maktabgacha ta’limi
boshqaruv
organlarining
sohaga
taalluqli
-
yo‘nalishlari
bo‘yicha
ma’lumotlarini
umumlashtirish;
–
bosh boshqarma, boshqarma va bo‘limlarga kelib tushadigan xat ariza va shikoyatlarni
ko‘rib chiqish hamda rahbariyatning ko‘rsatmasiga muvofiq, ularga tegishli javoblar tayyorlash,
bu masalalar yuzasidan bosh boshqarma, boshqarma, bo‘limda ijro intizomini ta’minlash;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: |