O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘lim



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

98-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘lim
boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

bo‘limning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
qaror va farmoyishlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, dasturlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda vazirlik
rahbariyati tomonidan bo‘limga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini nazorat
qilish;
Tartib raqami
829
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1219
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



vazirlikning Hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda bo‘ysunuviga
qarab vazirlik rahbariyatiga, boshqarma boshlig‘iga bo‘lim faoliyati doirasidagi masalalarni
tayyorlash va takliflar kiritish;

o‘z bo‘limining faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab
chiqilishiga rahbarlik qilish, ularni bo‘ysunuviga qarab boshqarma, bosh boshqarmaning hamda
vazirlikning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli
ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;

bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha vazirlikning boshqa boshqarmalari
tomonidan tayyorlangan buyruq, ko‘rsatma va hujjatlarni kelishish;

bo‘lim xodimlarining o‘z funksional vazifalarini tashkiliy-uslubiy jihatdan qanday
bajarishini nazorat qilish, shu asosda bo‘ysunuviga qarab vazirlik rahbariyatiga ularni
rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish;

bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil
etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qat’i nazorat o‘rnatish,
xodimlarning vazifalar taqsimoti zaruriyatiga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek
bo‘lim vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilash;

vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, bo‘lim
faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlar
tayyorlash;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini
tayyorlashda faol ishtirok etish, bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishchi guruh
ishlariga mutaxassislarni jalb qilish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududiy maktabgacha ta’limi boshqarmalari reytingini
aniqlash jarayonida ishtirok etish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik qo‘llanma va tavsiyalarni nashrga tayyorlash,
ularning yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqish, dasturlar bilan ta’minlanishini
muvofiqlashtirib borish, metodik qo‘llanmalarni yaratish, nashr etish va ta’minlash tizimini
takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim-
tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, tajriba almashish maqsadida
o‘rnatilgan tartibda rivojlangan xorijiy davlatlar, nodavlat, notijorat tashkilotlar bilan aloqa
o‘rnatish;

ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida seminar,
ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha
vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;

maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish chora-tadbirlarini
belgilash va uni amalga oshirishni nazorat qilish;

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat
talablarining
bajarilishini
nazorat
qilish,
respublikadagi
maktabgacha
yoshdagi
tarbiyalanuvchilari bo‘lgan mehribonlik uylari ishini o‘rganish, ularga uslubiy yordam berish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;



o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ta’lim, maktabgacha ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limning tegishli
yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirib borish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha
ta’lim tizimida milliy istiqlol g‘oyasi va
ma’naviyat asoslarini targ‘ib qiluvchi tashviqot ishlarini olib borish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligi yo‘nalishida ish yuritish, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, diniy
aqidaparastlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha keng
qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlar,
mahalla va oilalar bilan ishlash;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’limi tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoniga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘rnatilgan tartibda xorijiy grant va
investitsiyalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofali o‘qitishga jalb qilish,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalariga
oid
ilg‘or
tajribalarni
o‘rganish
va
uni
ommalashtirish;

o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda
og‘zaki murojaatlarini, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish,

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin