–
hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha oby’ektlarni o‘z
muddatlarida va sifatli foydalanishga topshirish, yillik va kelgusi yillar rejalarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
–
qurilish ob’ektlaridagi texnik nazoratchilar ustidan va qurilishda ishlatilayotgan
materiallar, jihozlar sifati ustidan nazorat olib borish;
–
kompaniyaning normativ-huquqiy hujjatlari, rejalar va dasturlar loyihalarini ishlab
chiqish va ekspertiza qilishda, shuningdek ularning sohaga tegishli qismini ijro etishda rahbarlik
o‘rnatish;
–
oby’ektlarda ishlab chiqarish grafiklarga asosan qurilish ishlarini bajarilishi, ularning
rejada ko‘rsatilgan qismlarini foydalanishga topshirilishini ta’minlashni, texnik ish yuritish
hujjatlarini, pudratchi tashkilotlarning bajarayotgan ishlarini qurilish me’yoriy normalariga mos
kelishligini nazorat qiladi hamda qurilish ishlarini yetarli daraja tashkil qila olmagan pudrat
tashkilotlarini Qonunda belgilangan hujjatlar asosida almashtiradi va salohiyatli pudratchilarni
tayinlash;
–
bosh muhandis texnik xodimlarning malakalarini oshirish ishlariga rahbarlik qilish,
kompaniya faoliyati yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini rahbariyatga berib borish;
–
kompaniya filiallarini mehnat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida xizmat
safarlarini amalga oshirish va ularga amaliy yordam bergan holda ularning faoliyatiga baho berib
borish;
–
Injiniring kompaniyasi tegishli bo‘lim xodimlarining malakalarini oshirish ishlariga
rahbarlik qilish;
–
Injiniring kompaniyasi faoliyatiga doir hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni
Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli boshqarmalariga o‘zi rahbarlik qilayotgan Kompaniya
bo‘limlari tomonidan taqdim etilishini nazorat qilib borish;
–
muntazam ravishda kasbiy va malakaviy darajasini oshirib borish;
–
kompaniya nizomida, o‘zining lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar,
funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan
vakolatlar
va
huquqlardan
qonun
hujjatlariga
muvofiq
foydalanilishi,
shuningdek
kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, to‘g‘ri va aniq bajarilishi
uchun javob beradi
–
jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini tashkillashtirish va shaxsan qabul qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (ariza, shikoyat, taklif)ni qonunda belgilangan
tartibda ham muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: