–
tarmoq xavfsizligini (axborotdan ruxsatsiz foydalanish, foydalanuvchilar ma’lumotlari
va tizim fayllarini o‘zgartirish yoki ko‘rilishining oldini olish) hamda tarmoqlararo ma’lumot
almashish xavfsizligini ta’minlanishini nazorat qilish;
–
belgilangan tartibda Kompaniya faoliyatiga doir hamda amalga oshirilayotgan ishlar
yuzasidan oylik va choraklik xamda yillik hisobotlarini tegishli davlat idoralariga o‘z
muddatlarida topshirilishini tashkillashtiradi va nazorat qilish;
–
Injiniring kompaniyasi tegishli xodimlarining malakalarini oshirish ishlariga rahbarlik
qilish;
–
Injiniring kompaniyasi faoliyatiga doir hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni
Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli boshqarmalariga o‘zi rahbarlik qilayotgan Kompaniya
bo‘limlari tomonidan taqdim etilishini nazorat qilib borish;
–
muntazam ravishda kasbiy va malakaviy darajasini oshirib borish;
–
Kompaniya nizomida, o‘zining lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar,
funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan
vakolatlar
va
huquqlardan
qonun
hujjatlariga
muvofiq
foydalanilishi,
shuningdek
Kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, to‘g‘ri va aniq
bajarilishi uchun javob berish.
–
jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini tashkillashtirish va shaxsan qabul qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (ariza, shikoyat, taklif)ni qonunda belgilangan
tartibda ham muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: