Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
3.Malaka talablari: –
kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
ta’lim yoki boshqa sohaning boshqaruv organlarida rahbarlik lavozimlarida
(boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, sho‘ba mudiri, direktor, direktor o‘rinbosari va rahbarlik lavozimiga tenglashtirilgan boshqa rahbarlik lavozimlari) besh yildan kam bo‘lmagan ish staji;
–
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslar, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar
yoki nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy
ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va
unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislar uchun ikki yil rahbarlik ish
staji.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida
mehnat faoliyatini amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.