O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida Boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar
ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda takliflar berish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish;

tashkilotlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan sifatli o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy
ishlarni shuningdek, ichki va tashqi baholash jarayonlarini sifatli tashkil etilishi hamda
“ONAKS” elektron platformasiga o‘z muddatida joylashtirib borilishi bo‘yicha nazorat qilish;

bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularni
maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim sohasiga oid
normativ-hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori
talablari hamda davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quvuslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarda umumiy asosiy
kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli
sharoitlar yaratish;
Tartib raqami
3767
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2351
Xodimlar toifasi
Mutaxassis



maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini
o‘rganish natijalari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish
bo‘yicha tavsiyalar tayyorlashda ishtirok etish;

ta’lim-tarbiya jarayoni sifatli deb topilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida
o‘zaro tajriba almashish maqsadida tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish,
yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari
bo‘yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar tashkil etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bolalar yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda
o‘yin va o‘yinchoqlar, didaktik materiallar, sport jihozlari bilan jihozlanganlik holati bo‘yicha
ehtiyojni o‘rganish hamda rahbariyatga takliflar kiritish;

maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog va rahbar xodimlar o‘rtasida zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish;

maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik va psixologik usullarni
ta’lim-tarbiya
jarayoniga joriy etishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda konferensiya, amaliy
seminarlar, videokonferensiya va videoseminarlar o‘tkazishda ishtirok etish;

ta’lim berish tilidan kelib chiqib, pedagoglarning o‘quv metodik qo‘llanmalarga
bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va ularga buyurtmalarni shakllantirish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish
maqsadida, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan pedagoglar, ota-onalar fikrlarini inobatga olgan
holda metodik tavsiyalar tayyorlash va tuman (shahar) bo‘limlarga yetkazilishini ta’minlash;

bo‘lim faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash, hududlardan
bo‘lim yo‘nalishiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va rahbariyatga taqdim etish;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin