O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

3. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

bir yildan kam bo‘lmagan pedagogik staji;

Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganda pedagogik ish staji talab etilmaydi.
53-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha mutaxassisi
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;

maktabgacha ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni
boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishning elektron tizimini yo‘lga
qo‘yilishi bo‘yicha hududiy Davlat xizmatlari Markazi bilan hamkorlikni amalga oshirish;

maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot
texnologiyalarini joriy etilishi, maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (EMIS) ning
keng joriy etilishini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya
jarayoni
to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida muntazam ravishda Maktabgacha ta’limni
boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga kiritilishini nazorat qilish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va uning tasarrufidagi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (EMIS) dan samarali foydalanish
bo‘yicha seminarlar tashkil etish va metodik yordam ko‘rsatish;

maktabgacha ta’limi tizimidagi tashkilotlarning ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

maktabgacha ta’lim tizimiga oid ma’lumotlarning elektron bazasini yarata olish,
asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qilish;
Tartib raqami
4023
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2529
Xodimlar toifasi
Mutaxassis



maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, tarmoq
va telekommunikatsiya qurilmalari va zamonaviy dasturiy ta’minotini ta’minlash bo‘yicha
ma’lumotlarni muvofiqlashtirish va ta’minlash choralari bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga
takliflar kiritish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha
uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish, axborot kommunikatsion texnologiyalarini samarali
shakllari
va usullarini joriy etish hamda internet tarmog‘idan foydalanishni tashkil etish va
muvofiqlashtirish;

hududiy maktabgacha ta’lim tizimidagi kadrlarning axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni muvofiqlashtirish;

tizimdagi xodimlar bilan hamkorlikda belgilangan tartibda tegishli axborot
texnologiyalari bo‘yicha elektron resurslar yaratish, o‘rnatilgan tartibda ko‘paytirish
va tarqatishni tashkil etish;

maktabgacha
ta’lim
tizimini
rivojlantirishga
doir
videokonferensiyalar,
videoseminarlar o‘tkazilishini tashkil etish;

hududiy
Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari
boshqarmalari hamda boshqa tashkilot va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarni amalga oshirish;

boshqarma tasarrufidagi tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni
rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;

boshqarmada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya
tarmog‘i, dasturiy vositalar, ma’lumotlar almashish va saqlash vositalarini yaratish bo‘yicha
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

vazirlikning veb-resurslariga hududda amalga oshirilayotgan yangiliklar, so‘nggi
ma’lumotlarni yuborish;

maktabgacha ta’lim tizimida, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan
foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini
nazorat qilish;

bo‘limning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlash
va boshqarma rahbariyatiga kiritish;

bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan xat, ariza
va shikoyatlarni ko‘rib chiqish, fuqarolarni qabul qilish, og‘zaki va yozma murojaatlarni
o‘rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko‘rish,

bo‘lim yo‘nalishiga doir boshqarmaga kelib tushgan xat va hujjatlarning o‘z vaqtida
ijrosini ta’minlash;

boshqarmaning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tizimida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida ma’lumotnomalar
tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etish;.

odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika
va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yo‘nalishida
tashkil etiladigan turli tadbirlarda ishtirok etadi.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin