2. Bilishi lozim: –
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va
farmoyishlarini, kodekslar, “Bola huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi”, davlat dasturlari
asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari va barcha boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarni;
–
yuridik hujjatlarni tayyorlash va huquqiy tashxisdan o‘tkazish malakasini;
–
ishchanlik va muloqot etikasini;
–
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h);
–
attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari
ta’lim
tashkilotlari
pedagog
kadrlarini
attestatsiyadan
o‘tkazish
tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari
asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari: –
kamida bakalavr darajasidagi oliy yuridik ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq
foydalanishni bilishi;
–
yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya
organlari bilan kelishish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
belgilanishi;
–
yuridik xizmat boshlig‘i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga yoki oliy ma’lumotga
ega bo‘lgan mazkur yo‘nalish bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarini tugatgan va yuridik
mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanishi;
–
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi;
–
davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlari xodimlari qonunchilikda belgilangan
tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta
attestatsiyadan o‘tishi lozim.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.