–
boshqarma javobgar sifatida bo‘lib o‘tadigan har qanday sudlarda korxonaning
qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqarma boshlig‘ining (ish beruvchining)
ishonchli vakili sifatida ishtirok etish va huquqiy himoya qilish;
–
o‘z sohasiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni yozma yoki elektron ko‘rinishda shakllantirish
va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash;
–
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish
bo‘yicha seminar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
–
imzo uchun rahbarga kiritilayotgan barcha hujjatlar loyihasini (buyruqlar,
ko‘rsatmalar, Nizomlar) ko‘rib chiqish va chiqariladigan har qanday buyruqlarni qonun
talablariga moslashtirish;
–
boshqarma va tizim xodimlarini ishdan bo‘shatish, boshqa vazifaga o‘tkazish va
intizomiy jazo berilishi bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlarni qonuniyligini tekshirish;
–
xodimlarga nisbatan rahbar xodimlar tomonidan noto‘g‘ri ma’muriy jazo
qo‘llanilganda rahbarlarning ushbu harakatlari ustidan davlat huquqiy tashkilotlariga shikoyatlar
tayyorlash va jo‘natish;
–
boshqarmaga kelgan xatlar, fuqarolardan tushgan murojaat va va shikoyat arizalar
bilan ishlash, ularni qabul qilish hamda muammolarni hal etish choralarini ko‘rish;
Dostları ilə paylaş: