2. Bilishi lozim: –
bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning
Hay’at Qarorlari, buyruqlari, institut rektori buyruqlarining mohiyatini;
–
institut yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
–
moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va
hisobotlarni tuzishni;
–
institutning moliya-xo‘jalik faoliyatiga, tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga
tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni.
3. Malaka talablari: –
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiy ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha besh yildan kam bo‘lmagan staj yoki ta’lim va boshqa
soha boshqaruv organlarida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, ilgari o‘zining
aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo
chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga
nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan
jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal
etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi
organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
84-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash