2. Bilishi lozim:
–
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda
vazirlik buyruqlarini, oliy ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini
belgilangan normativ hujjatlarni;
–
“Jismoniy
va
yuridik
shaxslarning
murojaatlari
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasining Qonunini;
–
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 12- son qarorini;
–
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h);
–
Devonxona mudiri bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.
3. Malaka talablari:
–
kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan to‘liq foydalanishni bilishi;
–
kamida ikki yillik ish staji.
82-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti bosh buxgalteri lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy
hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
–
professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni
tarqatilishini nazorat qilish;
–
hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va
majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
–
moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
–
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
–
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
–
mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
–
bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
–
debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
–
ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri
sarflanishini nazorat qilish;
–
tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va
chiqim qilishni nazorat qilish;
–
byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida
xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
–
pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini
o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
–
maktabgacha ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik,
choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
–
buxgalteriya faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, buxgalteriya ishini
tashkil qilish, buxgalteriya xodimlarining ish rejalari asosida ish rejani tuzish, belgilangan
vazifalarning o‘z muddatida va to‘liq ijro qilinishini ta’minlash;
–
amaldagi qonunlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilishni
ta’minlash;
–
tasdiqlangan byudjet smetasi asosida mablag‘larning to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini
ta’minlash;
–
yuqori turuvchi tashkilotga hisobotlarni tayyorlash va topshirish;
–
maxsus mablag‘lar bo‘yicha kirim va chiqim hisobotlarini yuritish, institutga jalb
qilingan byudjetdan tashqari mablag‘lar to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlash hamda ularning to‘g‘ri
va maqsadli sarflanishi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
–
buxgalteriya xodimlari vaqti va ishini bajarish samarasidan kelib chiqqan holda,
qo‘shimcha ishlarni yuklash, ijobiy natijalar bo‘yicha xodimlarni rag‘batlantirish uchun tavsiyalar
tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;
Tartib raqami
635
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1211
Xodimlar toifasi
Boshqaruv
–
buxgalteriya xodimlarining mehnat intizomini nazorat qilish, institutning ichki tartib-
qoidalarini buzganlarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash bo‘yicha rahbariyatga bildirgi kiritish;
Dostları ilə paylaş: |