O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

80-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti yuriskonsulti
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

Institutda chiqariladigan barcha qaror, buyruq, xat, chora-tadbirlar va boshqa hujjatlar
loyihalarini nazoratdan o‘tkazish hamda chiqarilgan har bir hujjatlarning amaldagi qonunchilik
asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;

rektorga imzo qo‘yish uchun taqdim etilgan buyruqlar, instruksiyalar va boshqa
hujjatlarning qonun hujjatlariga mosligini aniqlash;

jamoa shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qatnashish;

institut bo‘lim va kafedralarining nizomlarini ishlab chiqishda qatnashish, vakolati
doirasida huquqiy maslahatlar berish;

institut xodimlari bilan ishlash, ularning malaka talablarida belgilangan vazifalarini
tushuntirish va ijro intizomiga rioya qilishlarini nazorat qilish;

institut bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning to‘g‘ri tuzilishini
va qonuniy tarzda amalga oshirilishini ta’minlash;

professor-o‘qituvchilar va xodimlarga huquqiy maslahatlar berish;

talab etilganda institut hamda institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining huquqni
muhofaza qilish organlari va sud oldida huquqlarini himoya etish;

institut rektoriga imzo qo‘yish uchun taqdim etilgan buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa
hujjatlarning qonun hujjatlariga mosligini nazorat qilish;

institutdagi barcha hujjatlarning milliy va xalqaro qonunchilikka mosligini nazorat qilish,
qonunga zidligi aniqlangan holatlarda ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish yuzasidan choralar
ko‘rish yuzasidan rektorga bildirgi kiritish;

institutning o‘quv, ilmiy va xo‘jalik-moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rib chiqish
bo‘yicha komissiyaning takliflarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

institutdagi huquqbuzarliklar yuzasidan vakolatli davlat organlari tomonidan so‘ralgan
hujjatlarni taqdim etish, shuningdek institutga yetkazilgan zararni undirish choralarini ko‘rish;
Tartib raqami
4071
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
2619
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari orasida yangi qabul qilingan qonunlar,
qarorlar, farmonlar, farmoyishlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibot ishlarini
tashkil etish.

Prezident farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror va buyruqlarini va boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini
nazorat qilish;

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin