2. Bilishi lozim: –
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
va
qonunlarini,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlarini, qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarorlari va boshqa hujjatlarini, Kompaniya Nizomi hamda faoliyatga tegishli qonunlarni.
–
sohadagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, internet, hisoblash
texnikasidan foydalanishni va maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlash qoidalarini, axborot
xavfsizligi siyosatini, ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik
texnikasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini.
–
xodimlarning ish rejasi, xodimlar lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlash va xodimlar
o‘rtasidagi lavozim majburiyatlarni taqsimlash, ular ustidan nazorat qilishni;
–
ko‘p yillik muddatga mo‘ljallangan rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan
loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish va kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun ularga yangi loyihalarni
qo‘shish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlash va nazorat qilish;
3. Malaka talablari: –
Injiniring
kompaniyasi
bosh
direktor
o‘rinbosari
lavozimiga
—
lavozim
majburiyatlarini bajarish uchun yetarli ish tajribasiga, rahbarlik ishlari shakl va uslublarini
o‘zlashtirgan, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga, oliy yoki oliy iqtisodchi;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganda ish staji talab etilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.