1.Lavozim vazifalari: –
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarni rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish uchun ehtiyojlarning hisob-kitobini qilish va
bo‘lim rahbariga talabnoma kiritish;
–
bino va inshootlarning texnik holatiga va barcha moddiy boyliklarning saqlanishiga
shaxsan javob berish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
olib kelingan qattiq va yumshoq jihozlar va o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar, texnik jihozlarni
o‘rnatilgan tartibda kirim va chiqim qilish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga qabul qilingan jihozlarni tarqatishi va
chiqim qilish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga olib kelingan jihozlarni raqamlashi va
saqlanishini ta’minlash;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limidagi mavjud ta’mirtalab bo‘lgan
jihozlarning ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limida hamda tashkilotlarda telefon
tarmoqlaridan foydalanilganda aloqaning uzluksizligini ta’minlash hamda aloqa buzilgan
hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini
ko‘rish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limida atrof-muhitni obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish, hashar ishlarida hovli supuruvchi, binoni qo‘riqlashda qorovullar ishini
to‘g‘ri tashkil etish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limida xodimlar o‘rtasida hashar,
ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda o‘zi ham faol ishtirok
etish.
2. Bilishi lozim: –
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–
jihozlarni saqlash bo‘yicha sanitariya-gigiyenik talablarni;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini;
–
kuz-qish mavsumiga tashkilot binosining oyna va eshiklari, isitish va kanalizatsiya
tizimi quvurlari sozligini ko‘rib chiqish va mavsumga tayyorlash;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga mavsumni betalafot o‘tkazish uchun
zarur bo‘lgan yoqilg‘i (ko‘mir va ko‘mir briketi) materiallarini o‘z vaqtida yetkazish, sifatli
saqlash, ularning belgilangan miqdorda sarflanishi hamda issiqlik tizimini optimal darajada
ishlashini ta’minlash;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limida yong‘in xavfsizligi asbob-
uskunalarining yetarli darajada ishlashini ta’minlash.