2. Bilishi lozim: –
pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni kirim qilish, saqlash va
sarflash yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar
rasmiylashtirilishi va ijroga qabul qilinishini;
–
g‘azna hisob varaqlaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar bajarilishi uchun
asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarning kechiktirib taqdim etilishi, shuningdek, tovar (ish,
xizmat) yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar kechikib yoki noto‘g‘ri amalga oshirilishi
hisobiga muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzlar yuzaga kelishini;
–
aniqlangan kamomadlarni, muddati o‘tgan debitorlik qarzlarni va boshqa
yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan asossiz chiqarilishini;
–
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari
buzilishni;
–
moliya va moliyalashtirishga qaratilgan
huquqlarini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarini;
–
mutaxassisligi bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;
–
moliya yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish
usullarini;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari: –
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiy ma’lumot;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
bir yildan kam bo‘lmagan ish staji.
39-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi xo‘jalik mudiri lavozimining malaka tavsiflari Tartib raqami
803
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1219
Xodimlar toifasi
Texnik xodim