mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan o‘rganish olib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
–
odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy
bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
–
“Jismoniy
va
yuridik
shaxslarning
murojaatlari
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam
ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy Xalq qabulxonalari bilan samarali
hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar
vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan muroj-
aatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: