–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning
davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori talablari hamda
davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga
tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–
tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning metodik kengash, metodik uyushma ishlarini
tashkillashtirish, turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha Nizom va zarur
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
–
bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantirish,
ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim sohasiga
oid normativ-hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavqeyini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan
hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilishini nazorat qilish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida tuman( shahar) maktabgacha
ta’lim bo‘limlari va tashkilotlari faoliyati va maqsadlarini, tizimda amalga oshirilayotgan
islohotlarni targ‘ib qilib borish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha
ta’lim tashkilotlari faoliyatini reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etish, ularni tahlil qilish
hamda tegishli xulosalar tayyorlash va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamda
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining ta’lim-
tarbiya
jarayoniga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
joriy
etish,
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish, aniqlash hamda
ommalashtirish ishlarini nazorat qilish;
–
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida bo‘limga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar
hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
–
o‘rnatilgan tartibda sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika
va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: