O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari, Toshkent



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

41-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari, Toshkent
shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va viloyatlar
maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshlig‘i o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari
1.Lavozim vazifalari:
Tartib raqami
2135
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1346
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar
maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb yuritiladi) boshqarmaning tuman
(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb
yuritiladi) umumiy faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik, mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari, tadbirlari
va boshqa hujjatlarda, bo‘ysunuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorig‘i Kengesi,
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimlari (keyingi o‘rinlarda “Mahalliy davlat hokimiyat
organlari” deb yuritiladi)ning qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda vazirlikka
berilgan tegishli topshiriq va takliflar ijrosining to‘liq bajarilishini ta’minlash;

boshqarma boshlig‘i (vazir) vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning
vazifalarini bajarish;

vazirlik hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, mahalliy davlat hokimiyat organlari
yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda ularga vazirlik faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha
hujjatlarni tayyorlash va takliflar kiritish;

boshqarmaning faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalari loyihasini ishlab
chiqish, uning tarkibiga kiruvchi bo‘limlar faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish va hududiy
bo‘linmalarning yillik ish rejalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish, ularda belgilangan
tadbirlarning sifatli ijro etilishini nazorat qilish;

hududlarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida huquqni
muhofaza qiluvchi va mahalliy davlat hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, ijodiy
uyushmalar, jamg‘armalar bilan o‘rnatilgan tartibda o‘zaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish;

maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tashkiliy-metodik ishlarga
rahbarlik qilish;

vazirlikning hay’at majlisi va ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muhokama qilish
rejalashtirilgan masalalar yuzasidan boshqarma boshlig‘iga tahliliy ma’lumotlarni puxta
tayyorlash va muhokamaga kiritish;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori
talablari hamda davlat o‘quv dasturlari, o‘quvuslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini
nazorat qilish;

huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli
odatlardan saqlanish, uning oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot-
tashviqot ishlarini amalga oshirish;

viloyat miqyosidagi keng ko‘lamda turli xil ta’lim-tarbiyaviy ishlar, o‘quv-seminar,
suhbat, uchrashuv va ko‘rik-tanlovlarni rejalashtirish hamda ularning amalga oshirilishini
ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
chora-tadbirlarini belgilash;

boshqarma xodimlariga vakolati doirasida topshiriqlar berish va ularning bajarilishini
nazorat qilish, xodimlarning kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish,


ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish, shuningdek,
boshqarma vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilash;

boshqarma faoliyatiga tegishli barcha axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, hisobotlar
tayyorlash va ijro intizomini doimiy nazorat qilish;

boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish, ularga
rahbarlik qilish, tajribali mutaxassislarni jalb qilish, ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi
asosida hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishini hisobga olish, ularning aylanishi,
tahlil va nazorat qilishning yagona tizimini amalga oshirilishini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish
jarayonini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalari hamda
nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida”2019-yil 7-iyundagi 470-son va “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini
attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-
sentabrdagi 572-son qarorlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini attestatsiya va
akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish;

maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa,
6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash bo‘yicha
tashkiliy ishlarga rahbarlik qilish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy
kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishda zarur metodik
ko‘rsatmalar berish;

maktabgacha ta’lim tashkiloti uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya
jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarning o‘z vaqtida muntazam ravishda maktabgacha ta’limni
boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga kiritilishini nazorat qilish;

tizimdagi xodimlarning o‘z funksional vazifalarini tashkiliy-uslubiy jihatdan bajarishi,
ularning nazariy-uslubiy saviyasini oshirish bo‘yicha qilayotgan ishlarini tahlil qilish hamda ular
faoliyatida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish choralarini ko‘rish;

boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakolati doirasida boshqarma xodimlari o‘rtasidagi
vazifalar taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritishida, ish taqsimoti asosida
boshqarma xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilashida ishtirok etish va bu borada
rahbarga taklif kiritish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodik ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha
o‘quv didaktik materiallar, o‘yin, o‘yinchoqlar, sport jihozlari va musiqa asboblari bilan
jihozlashga bo‘lgan ehtiyojlarni muvofiqlashtirish;

maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilik,
ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tashviqot qilib, yoritib borishini nazorat qilish;

maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot
texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarni amaliyotga joriy etish
bo‘yicha hududdagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ularni
ommalashtirish;

viloyat miqyosida pedagoglar va tarbiyalanuvchi bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan
tadbir, ko‘rik-tanlov va musobaqalar, o‘quv-metodik yig‘ilishlar, anjumanlar, seminarlarga
rahbarlik qilish;



boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakolati doirasida fuqarolarni qabul qilish,
boshqarmaga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda
ko‘rib chiqish hamda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko‘rish;

odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy
bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

“Jismoniy
va
yuridik
shaxslarning
murojaatlari
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri
va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam
ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy Xalq qabulxonalari bilan samarali
hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar
vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan
murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in
xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin