O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

3. Malaka talablari:
o‘z yo‘nalishi (iqtisodiy, moliyaviy, muhandislik, yurisprudensiya) bo‘yicha kamida
bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;


xorijiy
tillardan
birining
boshlang‘ich
bosqichini
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
bir yildan kam bo‘lmagan ish staji.
47-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi Bolalar salomatligini ta’minlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari
 
 
1.Lavozim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish
rejalarini ishlab chiqilishini tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan
muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish;

bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil
etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;

ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini
ta’minlash;

boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash,
faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish;

boshqarma Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, o‘ziga biriktirilgan
hudud tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish
va metodik yordam ko‘rsatish;

hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim
tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning hayoti sog‘lig‘ini muhofaza
qilish bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya va profilaktik chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (inklyuziv guruhlari) faoliyatini
muvofiqlashtirish, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarni sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini nazorat
qilish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni, jumladan ixtisoslashtirilgan
maktabgacha taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) korreksion-pedagogik va reabilitatsiya
tadbirlarni sifatli tashkil etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarning faoliyati tashkillashtirilishiga
doir bo‘lgan sanitariya koidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlari bo‘yicha seminarlar tashkil
etish;

tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va tuman(shahar) tibbiyot birlashmalari
bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy
ko‘rikni o‘tkazish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarning quvvatidan kelib chiqqan holda
belgilangan meʼyorlarga asosan tibbiy xonalar tashkil etilishi hamda ularni jihoz, tibbiy anjom,
zararsizlantirish va dori vositalar, tibbiy buyumlar bilan taʼminlanish monitoringini amalga
oshirish;
Tartib raqami
831
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1219
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



ovqatlantirish bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga kelishini hamda boshqa yuqumli
kasalliklarni oldini olish maqsadida o‘rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni nazorat qilish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarni hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotda
tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkil etish, bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish masalalariga doir
amaliy va o‘quv seminarlar tashkil etish, ularni malaka va kasbiy mahoratlarini oshirishlarini
taʼminlash;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarni tibbiy xodimlari, pedagog-defektolog/logopedi
va psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun amaliy va o‘quv seminarlar
tashkil etish va reja asosida ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) taʼlim-
tarbiya jarayoniga “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv (moslashtirilgan) dasturlarini
joriy etilishi va mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish monitoringini
amalga oshirish;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) taʼlim-
tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori
talablari asosida davlat o‘quv (moslashtirilgan) dasturlarini joriy etilishi va mazkur hujjatlarda
belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish monitoringini amalga oshirish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladigan barcha tibbiy ko‘rik, profilaktika,
sog‘lom tumush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha sanitar-oqartuv, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya
tadbirlarni tashkil etilishida hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikni o‘rnatish
va ularni o‘tkazilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish;

boshqarma huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani belgilangan tartibga
muvofiq tashkil etish va uning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
tayyorlashda faol ishtirok etish, taʼlim tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni
joylarga yetkazish va nazoratini olib borish, boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat
uzviyligini taʼminlash;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin