O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

3. Malaka talablari:

Kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik yoki oliy tibbiy maʼlumot;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalanishni bilishi;

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan ish staji.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.
48-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha
taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi Bolalar
salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘limi metodisti lavozimining malaka tavsiflari
 
1. Lavozim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini taʼminlash
maqsadida boshqarma va bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini
to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

boshqarma Hayʼati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, maktabgacha taʼlim
tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkillashtirishga tegishli masalalarni o‘rganish hamda o‘rganish
natijalari bo‘yicha maʼlumotlar loyihalarini tayyorlash;

maktabgacha taʼlim tizimida bolalar salomatligini taʼminlash, ularga birlamchi tibbiy-
sanitariya yordamni ko‘rsatish, tibbiy profilaktika hamda reabilitatsiya tadbirlarni o‘tkazish va
ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (inklyuziv guruhlari) faoliyatiga oid
masalalarini rivojlantirish hamda bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish
rejalarini ishlab chiqishda takliflar berish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rnatilgan tartibda tarbiyalanuvchilarga birlamchi
tibbiy-sanitariya yordamni ko‘rsatish hamda profilaktika, korreksion-pedagogik va reabilitatsiya
tadbirlarni sifatli o‘tkazilishini o‘rganish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish tartib va talablari
asosida tarbiyalanuvchilarning salomatligi va jismoniy rivojlanishi, tibbiy profilaktika,
sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarni o‘tkazish hamda sanitariya qoidalari, meʼyorlari va
gigiyena normativlari bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etish;
Tartib raqami
3767
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2351
Xodimlar toifasi
Mutaxassis



maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktabgacha
taʼlim tashkilotlarda (inklyuziv guruhlarda) tarbiyalanayotgan bolalarni rivojlanish dinamikasi,
sog‘lomlashtirish, korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining olib borilishi va ularning
samarasini o‘rganib borish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarni tibbiy xodimlari, pedagog-defektolog/logopedi va
psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun amaliy va o‘quv seminarlar
tashkil etish va reja asosida ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;

tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida
tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish
va metodik yordam ko‘rsatish;

tuman(shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari va tuman(shahar) tibbiyot birlashmalari
bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy
ko‘rikni o‘tkazish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarning quvvatidan kelib chiqqan holda
belgilangan meʼyorlarga asosan tibbiy xonalar tashkil etilishi hamda ularni jihoz, tibbiy anjom,
zararsizlantirish va dori vositalar, tibbiy buyumlar bilan taʼminlanish monitoringini amalga
oshirish;

ovqatlantirish bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga kelishini hamda boshqa yuqumli
kasalliklarni oldini olish maqsadida o‘rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni nazorat qilish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jarohatlanish holatlarini oldini olish yuzasidan
profilaktik ishlarni olib borish va har bir jarohatlanish hodisalarini tahlil qilish;

maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotda
tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan amaliy va o‘quv seminarlar tashkil etish, ularni
malaka va kasbiy mahoratlarini oshirishlarini taʼminlash;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni, faoliyat yuritayotgan
pedagog, tibbiyot va oshxona xodimlarini o‘z vaqtida to‘liq ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish
choralarni taʼminlash;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladigan barcha tibbiy ko‘rik, profilaktika,
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha sanitar-oqartuv, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya
tadbirlarni tashkil etilishida hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikni o‘rnatish va
ularni o‘tkazilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish;

boshqarma huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani belgilangan tartibga
muvofiq tashkil etish va uning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bolalarni
jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda ekologik taʼlim-tarbiya masalalarini
muvofiqlashtirish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan bag‘rikenglik
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarda tibbiy xizmatni tashkil etish, ixtisoslashtirilgan
maktabgacha taʼlim tashkilotlari (inklyuziv guruhlari) faoliyatiga oid bo‘lgan masalalar bo‘yicha
hisobotlarni yuritish, statistika maʼlumotlarni bazasini yaratish va yangilab borish;

odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin