–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini
o‘rganish natijalari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish
bo‘yicha tavsiyalar tayyorlashda ishtirok etish;
–
ta’lim-tarbiya jarayoni sifatli deb topilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida
o‘zaro tajriba almashish maqsadida tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish,
yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari
bo‘yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar tashkil etish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bolalar yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda
o‘yin va o‘yinchoqlar, didaktik materiallar, sport jihozlari bilan jihozlanganlik holati bo‘yicha
ehtiyojni o‘rganish hamda rahbariyatga takliflar kiritish;
–
maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog va rahbar xodimlar o‘rtasida zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish;
–
maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik va psixologik usullarni
ta’lim-tarbiya
jarayoniga joriy etishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda konferensiya, amaliy
seminarlar, videokonferensiya va videoseminarlar o‘tkazishda ishtirok etish;
–
ta’lim berish tilidan kelib chiqib, pedagoglarning o‘quv metodik qo‘llanmalarga
bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va ularga buyurtmalarni shakllantirish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish
maqsadida, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan pedagoglar, ota-onalar fikrlarini inobatga olgan
holda metodik tavsiyalar tayyorlash va tuman (shahar) bo‘limlarga yetkazilishini ta’minlash;
–
bo‘lim faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash, hududlardan
bo‘lim yo‘nalishiga oid ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va rahbariyatga taqdim etish;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: