–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, tarmoq
va telekommunikatsiya qurilmalari va zamonaviy dasturiy ta’minotini ta’minlash bo‘yicha
ma’lumotlarni muvofiqlashtirish va ta’minlash choralari bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga
takliflar kiritish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha
uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish, axborot kommunikatsion texnologiyalarini samarali
shakllari
va usullarini joriy etish hamda internet tarmog‘idan foydalanishni tashkil etish va
muvofiqlashtirish;
–
hududiy maktabgacha ta’lim tizimidagi kadrlarning axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni muvofiqlashtirish;
–
tizimdagi xodimlar bilan hamkorlikda belgilangan tartibda tegishli axborot
texnologiyalari bo‘yicha elektron resurslar yaratish, o‘rnatilgan tartibda ko‘paytirish
va tarqatishni tashkil etish;
–
maktabgacha
ta’lim
tizimini
rivojlantirishga
doir
videokonferensiyalar,
videoseminarlar o‘tkazilishini tashkil etish;
–
hududiy
Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari
boshqarmalari hamda boshqa tashkilot va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarni amalga oshirish;
–
boshqarma tasarrufidagi tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni
rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;
–
boshqarmada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya
tarmog‘i, dasturiy vositalar, ma’lumotlar almashish va saqlash vositalarini yaratish bo‘yicha
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
–
vazirlikning veb-resurslariga hududda amalga oshirilayotgan yangiliklar, so‘nggi
ma’lumotlarni yuborish;
–
maktabgacha ta’lim tizimida, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan
foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini
nazorat qilish;
–
bo‘limning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlash
va boshqarma rahbariyatiga kiritish;
–
bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan xat, ariza
va shikoyatlarni ko‘rib chiqish, fuqarolarni qabul qilish, og‘zaki va yozma murojaatlarni
o‘rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko‘rish,
–
bo‘lim yo‘nalishiga doir boshqarmaga kelib tushgan xat va hujjatlarning o‘z vaqtida
ijrosini ta’minlash;
–
boshqarmaning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tizimida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida ma’lumotnomalar
tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etish;.
–
odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika
va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
–
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yo‘nalishida
tashkil etiladigan turli tadbirlarda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: