O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish
rejalarini ishlab chiqilishiga tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan
muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
Tartib raqami
831
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1219
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil
etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;

ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini
ta’minlash;

boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash,
faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish;

boshqarma Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari hamda bo‘lim faoliyatini
tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurilishida sanitariya
normalari va maktabgacha ta’lim vazirligining ichki sanitariya normalariga qat’iy rioya etilishini
nazorat qilish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari, infratuzilma obyektlarining
texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda o‘rganib borish;

tuman (shahar)lar kesimida rekonstruksiya qilinishi, mukammal ta’mirlanishi
va jihozlanishi kerak bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini
har yil uchun
shakllantirish va rahbariyatga takliflar kiritish;

tuman (shahar) bo‘limlaridan to‘liq va joriy ta’mirlanishi bo‘yicha tushgan
buyurtmalarni o‘rganish va ta’mirlash ishlarini rejalashtirish bo‘yicha boshqaruv tashkilotlariga
takliflar tayyorlash;

tuman(shahar) manzilli dasturiga kiritilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini to‘liq va
joriy ta’mirlanishiga ajratilgan mablag‘larni to‘laqonli ishlatilishini nazorat etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari bino va inshootlaridan, jihozlardan to‘g‘ri
foydalanish bo‘yicha tuman(shahar) bo‘limi mutaxassislari va maktabgacha ta’lim tashkiloti
rahbar xodimlari bilan tushuntirish ishlarini olib borish;

hududlardagi foydalanilmayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari hisobini
yuritish;

qurilish-ta’mirlash ishlarini nihoyasiga yetkazish, foydalanishga qabul qilinishida
shaxsan ishtirok etish, loyiha smeta hujjatlari asosida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarilganligi
bo‘yicha maktabgacha ta’lim vazirligi va viloyat hokimiyatiga hisobot berish;

maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarni to‘laqonli
jihozlashga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish, aniqlash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash
choralarini ko‘rish;

boshqarma tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini
o‘rganib chiqish, ularni yangi o‘quv yili, kuz-qish mavsumiga tayyorlash, zarur jihozlar bilan
ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim vazirligi va tegishli tashkilotlarga talabnomalar
kiritish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan jihozlarni belgilangan maktabgacha
ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilishini hamda guruh xonalariga to‘g‘ri taqsimlanishini tuman
(shahar) mutaxassislari bilan nazorat qilish;

kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tabiiy gaz, boshqa isitish yoqilg‘ilari va
elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda
maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etish hamda rejalashtirilgan yoqilg‘ining sifati, ularni
ta’lim tashkilotlariga yetkazilishi va saqlanishini ta’minlash;



har yili davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyor holatga
keltirilishini nazorat qilish;

maktabgacha ta’lim bo‘limi va tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
obodonlashtirish, texnika xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘inni oldini olish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarni nazorat qilish;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni
muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat
qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin