11-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xoreografi lavozimining
malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etishi;
–
maktabgacha ta’lim tashkiloti rejasiga muvofiq yosh bolalar uchun musiqa, teatr, badiiy
gimnastika, xoreografiya mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar va ochiq mashg‘ulotlar
o‘tkazishni tashkil etishi;
–
tashkilot tarbiyachilari, bolalar va ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish;
–
tashkilot ma’muriyati tomonidan belgilangan o‘quv, uslubiy va tashkiliy ishlarda
ishtirok etish;
–
tarbiyalanuvchilarning o‘zbek milliy raqsi, xalq-sahna raqsi, balet raqsi konsepsiyasini,
uning spektakldagi va ijrodagi vazifasi bilan birga o‘zaro aloqada egallash, janr, xarakter,
ifodaviy vositalar orqali dastlabki ko‘nikmalarni o‘rgatish;
–
tarbiyalanuvchilarning o‘zbek raqsi, xalq-sahna raqsida yakka va jamoa ko‘rinishda
rivojlantirishga ko‘maklashish;
–
tarbiyalanuvchilarga xoreografik asarlarni (etyud, yakka va ommaviy raqs)
sahnalashtirish texnologiyalari va usullarini o‘rgatish;
–
milliy va zamonaviy xoreografiya san’atining yo‘nalishlari va uslublarini tadqiq etish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning xoreografik bilim darajasini
umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar, individual va yosh
xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar rejasini belgilash;
–
ota-onalarga
farzandlarining
xoreografiyaga
moyilligi,
qobiliyati,
iqtidorini
rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaklari, turli ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
–
odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: