–
xoreografiya sohasiga oid o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda axborot manbalaridan
foydalanishni;
–
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mushak og‘irligini, raqsning
chiroyli usuli va tana ko‘rinishini yaratgan holda gavdaning jismoniy harakatlarni
taqsimlanishini bilishi va ulardan foydalana olishi; 3-5 yoshdagi bolalar uchun ritmik
mashg‘ulotlarni tashkil etish;
–
raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘zbek va jahon xoreografiya san’ati tarixi
an’analarini, respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan raqs ijro uslublarini, musiqa va ijro
yo‘nalishlarini, hududlarga mos ertaklar va folklor o‘yinlarini;
–
o‘zining ish faoliyatida olgan bilimlari asosida ijodiy-tashkiliy faoliyatga ega bo‘lishi
bilan birga bolalar xoreografiya jamoalarida ijodiy jarayonini tashkil etishni;
–
xoreografiya terminologiyasini tushunish, bilish va mashg‘ulotlar jarayonida bolalar
xoreografik jamoa qatnashchilari bilan ijodiy aloqani o‘rnatish.
–
bolalar yoshini, hisobga olgan holda kichik konsert dasturlarini yaratish
va sahnalashtirishi, bolalar yoshiga xos oddiy xoreografik yakka, ommaviy kompozitsiyalarni
yaratish va sahnalashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
–
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalar uchun qiziqarli,
nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazishi;
–
mustaqil ijodiy izlanishlar natijasida pedagogik faoliyat sohasidagi usullar, uslublar,
vositalar va shakllar borasida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish
;
Dostları ilə paylaş: