O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə113/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Kerakli Jihoz va materiallar: bug`doy boshog`i, kofemaydalagich, qoshiq, 2 xaltachada don.
Faoliyatni olib borilishi:
  1. Non haqidagi maqllarni yodga solish.


  2. Bug`doyni boshoqdan ajratish.


  3. 1-tajriba.Bug`doyni kofemaydalagichda yanchish.


  4. 2-tajriba: men bir xaltachaga unni solaman, ikkinchisiga esa bug`doyni. Aralashtiramiz, paypaslab ko`ringchi qaysi birida un? Qaysi birida don? Qanday topdingiz?


  5. Mayda va yirik yanchilgan donni ajratish.




Qo`shimcha qism: Tegirmon aks etgan suratlarni tomosha qilish.
E`tiborga molik jihati: markazda ishlash chog`ida xavfsizlik qoidalariga rioya etish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Tajriba: «Elektr haqida tushuncha» .
Maqsad: insonlar hayotida elektr tokining o`rni va ahamiyati, elektr tokidan notug`ri foydalanish oqibatlarini tushuntirish, elekt tajribasi bilan qiziqtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: plastmass chizg`ich, rangli toshlar, jun mato, pufakcha (shar), qog`oz parchasi va yaltiroqqog`oz (folga).
Faoliyatni olib borilishi:
  1. Elektr toki haqida tarbiyachi hikoyaqilib beradi.


  2. 1-tajriba chizg`ichni jun matoga ishqalab, qog`oz parchalariga yaqinlashtirish.


  3. 2-tajriba «Shiftdagi pufakcha». Havo to`ldirilgan pufakchani sochga yoki jun matoga ishqalash.


  4. 3-tajriba «Raqsga tushuvchi buyum». Ruchkani jun matoga ishqalash va yaltiroq kog`ozga (folga) yakinlashtirib yengil harakatlantirish kerak, natijada yaltiroq qog`oz qimirlashni boshlaydi (o`ynashni).


  5. Xulosa chiqarish.




Qo`shimcha qism: mavzuga oida multfilm ko`rish.
E`tiborga molik jihati: diqqatni va ilmga ishtiyok uyg`otish.
«Til va nutk» markazi
Mavzu: «Dunyo mamlakatlariga sayohat». AKT dan foydalangan holda.
Maqsad: globus, dunyo xaritasi hakida tushunchaga ega. Dunyoni turli qit`asida har xil millatlar yashashi, har bir davlatni o`ziga xos urf odatlari borligini bilish, boshqa mamlakatlarda yashovchi odamlar hayotiga qiziqish.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin