Jihoz va materiallar: matematik jamlanma tangrami. Faoliyatning borishi:
Bolalar tangram jamlanmasidagi geometrik shakllarni aytadilar.
Namunaga qarab geometrik shakllardan rasmlar xosil qiladi.
O`z g`oyasi bilan rasmlar yaratish.
Qo`shimcha qism:geometrik shakllardan meva va sabzavotlarni yasash.
E`tiborga molik jihati: tafakkur, ijod va matnini shakllantirish.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi Fito - bar. Maqsad: sharbatlarning sog`lomlashtirish va davolash xususiyatlarini biladi. Sog`lom turmush tarzi shakllanadi, immuniteti, faol va faol bo`lmagan nutqi rivojlanadi.
Jihoz va materiallar:stollar, stullar, grafinlar,rangli va shaffof stakanlar, dorivor o`simliklardan damlamalar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar fito-bar xaqida bilganlarini aytib berishadi.
Bolalar turli sharbat va kompotlarni tatib ko`rishadi va ular nimalardan tayyorlangan ekanligini topishadi. (sharbatva kompotlar oldindan tarbiyachi tomonidan tayyorlab qo`yiladi)
Tarbiyachi yordamida turli choylarni damlashadi va ta`mini ko`rishadi.
Qo`shimcha qism: choyga meva, asal qo`shish.
E`tiborga molik jihati: dorivor o`tlarning foydasi xaqidagi bilimlarning shakllanishiga. Hayot havfsizligi saboqlari .
Til va nutq markazi «Urug`idan mevasigacha» Maqsad: mevalar xaqida bilimga ega bo`ladi. Mevali daraxtlarni, ularning yaproqlari, urug`i va mevalarini ajrata oladi.
Jihoz va materiallar: bog` tasviri tushirilgan rasmlar. Mavzuli kartochkalar. Faoliyatning borishi:
Bolalar kartochkalarni ko`rib chiqishadi xamda mavzuli zanjirni yasashadi. (olma daraxti, olma, olma urug`lari va x.z.)
«Bog`» nomli suratni ko`rib chiqishadi va kichik mavzuli hikoya tuzishadi.
3. Qo`shimcha qism: to`g`ri aytish: daraxt-meva.
4. E`tiborga molik jihati: fikrlashi va nutqini rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi