O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə46/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga o`zi tomonidan yasalgan transportni mayda detallar-o`yinchoqlar (qo`g`irchoq haydovchi yoki yo`lovchi, bayroqchalar va x.k.) bilan to`ldirishni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
  1. Bolalarni jamoada ishlash ko`nikmasining shakllanganligi;


  2. Transportning havfsizligi va vazifasiga mosligiga e`tiborni qaratish;


  3. Tasavvurlari va ijodkorligining rivojlantirish;


  4. Hayot havfsizligi saboqlari.




Syujetli-rolli o`yin va Dramatizasiya markazi
«DAN xodimi»
Maqsad: Milisioner (DAN) xodimi faoliyati haqida ma`lumotga ega, bolada haydovchi va milisioner orasidagi shaxslararo munosabatlarni shakllangan, yo`l harakat havfsizligi qoidalariga rioya qila oladi, transport haydovchisi va milisionerga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`ladi.
Jihoz va materiallar: milisioner kiyimi, unga mos aksesuarlar, mashina, rul, qahramonlar hujjatlari mulyaji.
Faoliyatning olib borilishi:
  1. Harakat yo`nalishi va milisioner bilan uchrashuv joyini rejalashtirish;


  2. ««DAN xodimi» syujetli-rolli o`yinini o`ynash;


  3. O`ynalgan o`yin bo`yicha suhbat.




Qo`shimcha qism: Bolalar o`yin faoliyati orqali svetofor bo`lmagan joylarda «havfsizlik orollaridan» foydalanib harakatni va yo`lni boshqarishni (regulirovka qilishni) mashq qiladilar.
E`tiborga molik jihati:
  1. Bolalarning milisioner bilan muloqot qilish ko`nikmasini shakllanishi;


  2. Yo`l belgilariga e`tiborli bo`lishni rivojlantirish;


  3. Hayot havfsizligi saboqlari.




Til va nutq markazi
«Avtomaktab»
Maqsad: avtomaktab qanday tuzilishga ega ekanligini, uning vazifalarini biladi. Lug`at boyligini yangi so`zlar bilan boyitadi va ichki nutqni faollashtiradi, qayta so`zlab berish vaqtida bog`langan nutqni rivojlantiradi, vaqt va fazoda mo`ljal olishni biladi, mardlik, chaqqonlik va do`stiga yordam berish ko`nikmalari shakllanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin