O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə179/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Qo`shimcha qism: oila va unda bayramlar qanday o`tishi xaqida suxbat.
E`tiborga molik jihati: bolalar jamoadado`stona o`ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o`ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi
«Kafe» Syujetli-rolli o`yin
Maqsad: oshxona ishchilarining mexnatini ijodiy tasvirlash, o`ylangan syujetga mustaqil ravishda mos vaziyat vujudga keltira oladi, o`yinda layoqat bildiradi. Jamoada o`ynashni biladi, tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: «Kafe» rasmi, o`yinchoq pullar, bolalar idish- tovoqlar jamlanmasi (oshxona, ovqat uchun, choy uchun), menyu, mijozlar uchun stol va stulchalar.
Faoliyatning borishi:
  1. Rollarni taqsimlash. O`yin.


  2. Syujetni o`ynash. Mijozlar buyurtma berishadi, oshxona ishchilari buyurtmani bajarishadi, ofisiant xizmat ko`rsatadi.


  3. Bolalar rollarni almashishlari mumkin.




Qo`shimcha qism: umumiy ovqatlanish joylarida o`zini tutish odobi qoidalari, stol atrofida o`zini tutish qoidasi, xushmuomala bilan yondoshish to`g`risida.
E`tiborga molik jihati: bolalar jamoadado`stona o`ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o`ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
«Nutq va savoDxonlikka o`rgatish» markazi
K.I.Chukovskiyning «Fyodorning qayg`usi» ertagini o`qish
Maqsad: badiiy asarni diqqat bilan eshitadi, qaxramonlarga xayrixoxlik bildiradi, syujetga nisbatan emosional ravishda javob beradi, yumorni tushunadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: K.I.Chukovskiyning «Fedorning qayg`usi» asariga ishlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
  1. Bolalar rasmlarni tomosha qilishadi.


  2. Badiiy asarni yoki uning qismlarini mustaqil o`qish.





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin