Jihoz va materiallar: kubiklar, geometrik shakllar, lego, avtostrada elementlari, «To`g`riga harakat», «O`nga harakat», «Chapga harakat» yo`l belgilari.
Faoliyatning olib borilishi:
«Avtostrada» mavzusidagi rasmni ko`zdan kechirish.
Bolalar tomonidan avtostrada qurilishini rejalashtirish.
Bolalar tomonidan yo`lni qurish.
«To`g`riga harakat», «O`nga harakat», «Chapga harakat» yo`l belgilaridan foydalangan holda qurish.
Harakat boshlanishi va borish nuqtalarini belgilanadi.
Bolalar belgilangan yo`nalish bo`yicha yo`l harakati qoidalarini buzmagan holda belgilangan nuqtaga tezroq yetib borishlari kerak.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`z ishlarini belgilar, reklama lavhalari o`rnatishni taklif qilishi mumkin. (Ularni bolalar chizishi yoki konstruksiyalashi mumkin)
E`tiborga molik jihati:
Bolalarni jamoada ishlashga o`rgatish.
Tasavvurini rivojlantirish
Hayot xavfsizligi saboqlari.
Nutq va til markazi
«So`z o`yini»
Maqsad: diqqatni, xotirani rivojlantirish, lug`at boyligini boyitish.
Jihoz va materiallar: ikki kategoriyadagi turli so`zlar tasvirlangan rasmlar: svetafor(slovar: uchta ko`z, ko`chada turibdi,choraha, havo rang, bir oyoq, sariq rang, qizil rang, yo`ldan o`tish, piyodaning yordamchisi, yashil rang, uyda turibdi), yo`lovchi.
(lug`at: avtobus, marshrut, bekat, yo`l, o`qish, uyqu, chipta, chiptachi, samolyotda uchish, piyoda, o`rindiq, salon, krovat)
Faoliyatning olib borilishi:
Bolalar orasidan olib boruvchini belgilash.
Tarbiyachi tomonidan o`yin qoidasini tushuntirish: boshlovchi rasmli kartochkani ko`rsatadi, bolalar esa svetaforga oid so`z bo`lsa bir marta, agar «yo`lovchi»ga oid so`z bo`lsa ikki marta chapak chaladilar.
Har bir so`z tanlanishini tushuntiriladi.
So`zlar ishtirokida hikoya tuzish: ertalab, nonushta, bolalar bog`chasiga yo`l, piyodalar yo`lakchsi, non do`koni, dorixona, choraha, yer osti o`tish yo`li, svetafor, bolalar bog`chasi.
Dostları ilə paylaş: |