Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`tkazilgan tajribani ota-onalariga gapirib berishni va uni uyda ko`rsatib berishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Hayotni fan bilan bog`lashni bilish.
Hayot xavfsizligi saboqlari.
San`at markazi
Rasm «Kelajak avtomobili»
Maqsad: mayta qo`l motorikasini, tasavvurini rivojlantirish, qo`l ostidagi vositalar yordamida rasm chizishga o`rgatish.
Jihoz va materiallar: zamonaviy mashinalar rasmlari to`plami, qog`oz., bo`yoq, guash, suv idishlari, noan`anaviy rasm chizish uchun tabiat materiallari ( paxta, quloq tozalagichlar, paxtali tamponlar)
Faoliyatning olib borilishi:
«Zamonaviy mashinalar» mavzusida rasmlarni ko`zdan kechirish.
Noan`anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishish.
Qo`l ostidagi vositalar yordamida mashina rasmini xomaki chizmalarini chizish.
Bolalarning ijodiy faoliyati.
Bolalar chizgan tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga rasm mavzusiga oid she`r yoki qo`shiq kuylashni taklif qilishi, ko`rgazma tashkil etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o`rgatish.
Kelajak mashinasi g`oyasini kiritish.
Tasavvuri va mayda qo`l motorikasini rivojlantirish.
Hayot xavfsizligi saboqlari.
Qurilish markazi
«Avtostrada: qanday harakat qilish kerak?»
Maqsad: «Avtomobillar qatnovi uchun maxsus katta yo`lni kubiklar, qurilish bloklaridan qurish, fazoda mo`ljalga olish, diqqat, idrok, xotirani rivojlantirish, topshiriqni berilgan ketma ketlikda bajarish, hajmga ega bo`lgan shakllarni nomini bilish va undan foydalangan holda qurish, rang va shakllarni bilish.
Dostları ilə paylaş: |