Fito - bar. Maqsad: sharbatlarning sog'lomlashtirish va davolash xususiyatlarini biladi. Sog'lom turmush tarzi shakllanadi, immuniteti, faol va faol bo'lmagan nutqi rivojlanadi.
Jihoz va materiallar:stollar, stullar, grafinlar, rangli va shaffof stakanlar, dorivor o'simliklardan damlamalar.
Faoliyatning borishi: Bolalar fito-bar xaqida bilganlarini aytib berishadi.
Bolalar turli sharbat va kompotlarni tatib ko'rishadi va ular nimalardan tayyorlangan ekanligini topishadi. (sharbatva kompotlar oldindan tarbiyachi tomonidan tayyorlab qo'yiladi)
Tarbiyachi yordamida turli choylarni damlashadi va ta'mini ko'rishadi.
Qo'shimcha qism: choyga meva, asal qo'shish.
E'tiborga molik jihati: dorivor o'tlarning foydasi xaqidagi bilimlarning shakllanishiga. Hayot havfsizligi saboqlari .
Maqsad: mevalar xaqida bilimga ega bo'ladi. Mevali daraxtlarni, ularning yaproqlari, urug'i va mevalarini ajrata oladi.
Jihoz va materiallar:bog' tasviri tushirilgan rasmlar. Mavzuli kartochkalar.
Faoliyatning borishi: Bolalar kartochkalarni ko'rib chiqishadi xamda mavzuli zanjirni yasashadi. (olma daraxti, olma, olma urug'lari va x.z.)
“Bog'” nomli suratni ko'rib chiqishadi va kichik mavzuli hikoya tuzishadi.
Qo'shimcha qism: to'g'ri aytish: daraxt-meva.
E'tiborga molik jihati: fikrlashi va nutqini rivojlantirish.