O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
TA'LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Kasbiy qayta tayyorlov tinglovchisi Fayziyeva Lolaning
“Tasviriy faoliyatga o’rgatish”
o'quv modulidan
Bolalar bog'chasining tayyorlov guruhi uchun
tayyorlagan
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Kuchukcha rasmini chizish
Samarqand-2022
Mavzu: Hayvonlar-bizning do’stimiz.
Maqsad: Bolalarda uy hayvonlari haqida tasavvurni shakllantirish va ular haqida ma’lumot berish.
Ta’limiy:bolalar uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni bir-biridan ajratib olishni va Ularning insonlar uchun ahamiyatini tushuntirish
Tarbiyaviy: Uy hayvonlarida g’amxo’rlik hissini tarbiyalash. Uy hayvonlarini parvarish qilishning oddiy qoidalariga va xavfsizlikka rioya qilish
Rivojlantiruvchi:Bolalarning hayvonlar haqidagi bilimlarini kengaytirib, hayvonlar va atrof-olam haqidagi tasavvurlarini o’stirib, tafakkurlarini rivojlantirish.
Faoliyat markazlari:Nutqo’stirish,San’at,qurish-yasash va matematika,syujetli rolli o’yinlar markazlari
Kerakli jihoz:Qalam, Rasm chizish uchun oq qog’oz,bo’yoqlar.
Faoliyatning borishi:
I Tashkiliy qism
-Salom aziz bolalar,
Zehnlilar, zukkolar.
Barchangiz sog‘-omonmisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
Bolalar:
-Barchamiz sog‘- omonmiz.
Darsga doim tayyormiz.
-Biz maktabga nima uchun kelamiz?
Bolalar:
-Xatosiz o’qish uchun
Chiroyli yozish uchun
To‘g‘ri, tez sanash uchun
“ 5” baho olish uchun.
-Har narsadan xabarchi,
Sinfda kim navbatchi?
O'quvchi: -Sinfda men navbatchi,
Tayyor barcha o'quvchi!
Oltin qoidalarimizni eslab olaylik.
-Eng avvalo intizom,
Darsda faol qatnashish.
Berilgan vazifani,
O`z vaqtida bajarish.
Topqir va zukko bo`lib,
Barchani hurmat qilish.
O`ng qo`l qoidasiga,
Doim rioya qilish.
II Yangi mavzu bayoni:
-Yangi mavzuga kirish uchun she’r aytiladi va slayd yoki video orqali uning mazmuni ko’rsatib beriladi.
Qayerdan shovqin turdi ? Itlar vovullab ketdi. Birdan shovqin avj olib, Otlar gijinglab ketdi. Sigir chiqdi “ Mo’-mo’ “lab “Be-Be-e” lab chiqdi qo’ylar. Unga echki qo’shilib, “Me-e” lab qo’ydi bir sakrab. Hech ham tushunib bo’lmaydi, Har xil ovoz har joydan. Bu qanday hovli ekan? Keling, ko’raylik do’stlar.
Mana qarang, molxona,
Pichanxona narida
Orqasida it uchun,
Qurilgan kichik uya.
Mana sigir onasi,
Buzoq esa bolasi.
Otning yonida toychoq,
Qo’y oldida qo’zichoq.
Tuya ham bo’talogin,
Erkalab turar doim.
Echki uloqchasiga,
Mehrin beradi borin .
Uyni qo’riqlab turar,
It bilan kuchukchasi.
Hangrab turadi eshak,
Ko’rib xo’tikchasini.
Birdan sichqonni ko’rib,
Mushuk yugurib ketdi.
Hovli ajoyib ekan,
O’rgangim kelib ketdi.
O’qituvchi bir nechta savol beradi:
-Bolajonlar she’rimiz sizga yoqdimi?
-She’r nimalar haqida ekan?
-She’rda qaysi uy hayvonlarining nomlari tilga olingan?
-Sizning uyingizda ham uy hayvonlari bormi?
-Ularga qanday g’amxo’rlik qilasiz?
Bolalarning fikrlari umumlashtirilib, to’ldiriladi.
Bolalarga har bir uy hayvonining nomi (o’zbek, rus va ingliz tilida) aytiladi. Uy hayvoni chiqaradigan tovushi slayd orqali eshittiriladi.
Har bir uy hayvon ko’rsatilganda uning rasmi doskaga o’qituvchi tomonidan qo’yiladi. Yoniga ikkinchi ustunga uning bolasining rasmi qo’yiladi.
Ot- toychoq
Sigir -buzoq
Qo’y- qo’zichoq
Tuya bo’taloq
Echki -uloqcha
It -kuchukcha
Eshak -xo’tik
Mushuk-mushukcha.
III. ‘’Kuchukcha’’ rasmini chizish.
O’qituvchi:
-Qani endi bolajonlar hamma joyiga o’tirib oladi va oldiga oq qog’oz va Qalam oladi. Hozir bir kuchukcha rasmini chizishni o’rganamiz. Mana qog’ozda kuchukchamizni rasmi bor, biz shunga qarab chizishniboshlaymiz. Avval qog’ozimizni o’rtasiga kuchukchamizni boshini, quloqlarini, sochini chizib olamiz. So’ng esa tanasini, qo’lini, oyoqlarini va dumini chizamiz. Eni ko’zini chizamiz. Bolajonlar ko’zi qanaqa shaklda bo’ladi.
Bolalar javob berishadi:aylana.
O’qituvchi-juda to’g’ri. Edni kuchukchalarimizni bo’yaymiz. Qani boshladik.
Dostları ilə paylaş: |